R.T.Erdog’an:"Turkiya-Isroil o’rtasida o’zaro kelishuv yo’lga qo’yildi"

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning aytishicha, bu kelishuv Falastin davlati bilan maslahatlashilgan holda amalga oshirilgan.

519625
R.T.Erdog’an:"Turkiya-Isroil o’rtasida o’zaro kelishuv yo’lga qo’yildi"

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiya bilan Isroil o’rtasida o’zaro kelishuv yo’lga qo’yilganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bu kelishuv Falastin davlati bilan maslahatlashilgan holda amalga oshirilgan.

R.T.Erdog’an: “Kecha janob Mahmud Abbas bilan, juma kuni esa, janob Halit Meshal bilan maslahatlashib bu ishga qo’l urdik. Ular ham buni ijobiy baholadilar”,-dedi.

“Biz bugungacha Falastinning haq va huquqini oyoq osti qiladigan yoki “Moviy Marmara” shahidlarining ruhini ranjida qiladigan hech qanday shartni qabul qilmadik”,-deya ta’kidlagan R.T.Erdog’an G’azodagi insonlarga yaxshilik olib keladigan va uzoq yillar mobaynida chekkan azob-uqubatlarini yengillatadigan tashabbuslar rejalashtirilganini bildirdi.

Prezident Erdog’anning aytishicha, juma kuni gumanitar yordam kemasi Ashdod portiga tomon yo’lga chiqadi. Ushbu gumanitar yordamlar G’azo xalqiga tarqatiladi.

Turkiya bilan Isroil o’rtasidagi o’zaro kelishuv asosida, G’azoga har sohada yordam berilishini ma’lum qilgan Erdog’an:“Turkiya vositasida G’azoga oziq-ovqat, salomatlik, turar-joy va boshqa turli sohalar bo’yicha yordam beriladi. Ramazon hayit bayrami oldidan 14000 tonna yuk tashish hajmiga ega bo’lgan kemada oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyafzal va boshqa zarur ashyolar Mersin portidan G’azoga jo’natiladi”,-dedi.

Qolaversa, Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi hafagarchilikning oqibatlariga e’tibor qaratgan Erdog’an: “Rossiya bilan aloqalarimizni qaytatdan tiklash maqsadida Putinga yozilgan maktub o’z natijasini beradi degan umiddaman. Janob Putinga davlatlarimiz o’rtasida yuz bergan hodisalardan chuqur iztirobda ekanimni aytdim. Shuningdek, har sohada hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini eslatdim. Ikki davlatning manfaatlariga zarar bergan mavjud vaziyatni ortda qoldirib, aloqalarimizni tiklashimizga ishonaman”,-dedi.



Aloqador xabarlar