Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an ramazon oyi munosabati bilan islom olamini tabrikladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Birdamlik jamiyati tomonidan berilgan iftorda so'zga chiqdi.

509330
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an ramazon oyi munosabati bilan islom olamini tabrikladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an ibodatxonalarga hujum uyushtirgan terrorist guruhi

PKKning insoniy qadriyat va vijdoni yo'q ekanligini aytdi.

Prezident Erdog'an Istanbulda Birdamlik jamiyati tomonidan berilgan iftorda, mexr-shafqat oyi bo'lgan ramazon munosabati bilan Turkiya va islom olamini tabrikladi. Erdog'an ramazon

oyining yaxshi va farovon kunlarga vasila bo'lishini tilab, oxirgi 6 yil davomida Suriya va

Iroqda yuzaga kelgan to'qnashuvlar sababli Turkiyaga qo'chib kelgan insonlarga moddiy va

ma'naviy har qanday yordam ko'rsatilayotganini aytib o'tdi.

Prezident   Erdog'an,   Suriyadan   qochib   kelgan   insonlarga   davlat   budjetidan   10   milliard

dollardan   ziyod  mablag' ajratilganini eslatib   o'tib:   "Nodavlat   tashkilotlarimiz,   shahar

hokimiyatlarimiz ham qo'lidan kelishicha  yordam ko'rsatdilar. Chunki, bizning e'tiqodimizda

qiyin ahvoldagi insonlarga yordam berish katta savobdir",-deb aytdi.

Butun Yevropa davlatlari Suriyadan qochib kelayotgan insonlarga chegaralarini yopib qo'ygan

bir paytda, Turkiya esa, kelgan har  bir Suriyalik qochqinga  yordam berganligini ta'kidlab

o'tdi.

Prezident   Erdog'an,   davlat   budjeti   jihatidan   Turkiyadan   badavlat   hisoblangan   bir   necha

o'lkalarning   Suriyalik   qochqinlarni   chegaradan   o'tkazmaganligini,   qochqinlarning   tortgan

azobini pisand qilmaganliklarini, hatto qochqinlarning qo'llaridagi oltin taqinchoq va pullarini

olishga harakat qilganliklarini ta'kidlab o'tdi.

Turkiyaga do'stman deb aytib, lekin niqob ostida Turkiyaga qarshi makr va hiyla bilan ish

tutgan o'lkalar xaqida esa, shunday dedi: "Xozirgi kunda Suriyaning shimoliy mintaqasida

katta siyosiy loyiha va reja amalga oshirilmoqda. Ushbu rejaning ortida bizga do'st

bo'lib   ko'ringan   o'lkalarning   makkor   siyosati   mavjud.   Ochiqcha   aytadigan   bo'lsam,   bu

vaziyatning o'sha do'st bo'lib ko'ringan o'lkalarning rahbarlariga ham aytdim. Mana xozir

aytgan gaplarimni ular ham diqqat bilan sinchiklab tinglamoqdalar",-dedi.

PYD, YPG va DAISh kabi terrorist guruhlar Suriyada bir-biri bilan to'qnashganday bo'lib

ko'rinsa  ham, aslida bir siyosiy loyihaga xizmat qilayotganliklarini aytib o'tgan  prezident

Erdog'an "O'sha mintaqadagi xalqga zulm qilish va islomning nomini qoralash borasida bu

terrorist   guruhlar   go'yoki   bir-birlari   bilan   musobaqa   o'ynamoqdalar.   Bizga   do'st   bo'lib

ko'ringan ba'zi o'lkalar "PYD va YPG guruhi, DAISh guruhiga qarshi urushgani uchun biz

ularni qo'llab-quvvatlamoqdamiz",-deb aytmoqdalar. Unday bo'lsa, DAESH guruhiga qarshi

urushayotgan al-Nusra guruhini nima uchun terrorist guruh deb e'lon qildingiz? Al-Nusra

guruhi ham DAIShga qarshi urushmoqda. Al-Nusra guruhini nima uchun do'st deb qabul

etmayabsiz? Bizning siyosatimizda yahshi terrorist, yomon terrorist degan tushuncha yo'q.

Terrorist guruhlarning hammasi yovuz bo'lib hisoblanadi. Bizning millatimiz va mintaqdagi

xalqlar xaqiqatlarni ko'ra boshladilar deb o'ylayman" deya bayon qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #iftor , #terrorizm , #prezident , #Erdog'an

Aloqador xabarlar