Gumushhane viloyati Torul tumanida terroristlar bilan otishmada bir askar halok bo'ldi

Turkiyaning Gumushhane viloyati Torul tumanida harbiy transport vositasiga terroristlar tomonidan qurolli hujum sodir qilindi.

504437

Qurolli hujum oqibatida bir askar halok bo’ldi, bir askar og’ir yaralandi.

Yarador askar Gumushhane Davlat shifoxonasiga yotkizildi.

Shuningdek, Shirnakda terroristlar bilan otishmada og’ir yaralangan qishloq posboni olamdan o’tdi.

Markazga qarashli Yangi Aslanbashar qishlog’idagi Jandarm uchastkasiga bir guruh terroristlar tomonidan roketa va uzun masofali o’q otar qurollar bilan hujum qilindi.

Xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o’rtasida yuz bergan otishmada bir terrorist o’ldirildi.

Hududda operatsiya kuchaytirilar ekan, hudud havodan vertolyotlar bilan nazorat qilinmoqda.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #askar , #halok , #terrorist , #otishma

Aloqador xabarlar