PKK terror tashkiloti a’zolari asta-sekin taslim bo’la boshladi

Roppa-rosa 73 kundan beri davom etib kelayotgan amaliyotlar natijasida Shirnak markazining 97 foizi, Nusaybin tumanining esa 81 foizi terroristlardan tozalandi.

499029
PKK terror tashkiloti a’zolari asta-sekin taslim bo’la boshladi

Xavfsizlik kuchlarining samarali amaliyoti natijasida PKK terror tashkiloti a’zolari o’z jonini qutqarish payiga tushdi.  

Turkiyaning Mardin viloyati, Nusaybin tumanida olib borilgan amaliyotlar natijasida qopqonga tushgan terroristlar, asta-sekin taslim bo’lmoqda.  

Chorshanba kuni 25, payshanba kuni esa 42 nafar terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo’ldi. Ulardan 16 nafari ayol kishilardan iborat.

Guruh holida taslim bo’lgan oxirgi 42 terroristdan 4 nafarining, tashkilotning yoshlar qanotidan mas’ul terroristlar ekanligi aniqlandi.

Terror tashkiloti ichida Qandildagi tashkilot liderlarining kamayishi bilan turk harbiylarining taslim bo’lgan terroristlarga qaratilgan muomalasi, tashkilot a’zolarini to’g’ri yo’lga chorladi.

Bugungacha taslim bo’lgan terroristlardan Z.K;

“Turk harbiylari o’rnida agar biz bo’lganimizda edi unda biz ularni ayab o’tirmagan bo’lar edik. Lekin turk harbiylari bizga diniga muvofiq ravishda muomala qildi” dedi.

Yana boshqa bir terrorist esa o’z so’zida,

“Pushaymonman. Agar bilganimda edi tashkilotga qatnashmagan bo’lardim. Biz tashkilotga to’siqlar qurish orqali kira boshladik. Ortidan esa bizdan “kurashadigan yoshlar kerak” deb so’rab qoldilar. Biz mana shu talabga binoan tashkilotga a’zo bo’ldik” degan edi.

Taslim bo’lgan terroristlardan biri esa o’z pushaymonligini bildirar ekan, “tashkilotga qo’shilish orqali hayotimdagi eng katta hatoga yo’l qoyganimni afsuski kech anglab yetdim” dedi.

Turk qurolli kuchlari bilan xavfsizlik xodimlari Turkiyaning Shirnak viloyati Silopi va Hizra tumanlari, Diyarbakirning Sur va Hakkarining Yuksekova tumani ortidan endilikda Mardinning Nusaybin tumanini terroristlardan tozaladi.

Tinchlik uchun boshlatilgan harbiy amaliyotlar boshlagan 23-iyul kunidan beri Turkiya va Iroq shimolida jami 7 ming 78 nafar terrorist o’ldirildi.

Roppa-rosa 73 kundan beri davom etib kelayotgan amaliyotlar natijasida Shirnak markazining 97 foizi, Nusaybin tumanining esa 81 foizi terroristlardan tozalandi.

Futbolda Ziraat Türkiye Kupası'nı, finalde Fenerbahçe'yi 1-0 yenen Galatasaray kazandı. Futbolda Ziraat Türkiye Kupası'nı, finalde Fenerbahçe'yi 1-0 yenen Galatasaray



Aloqador xabarlar