Tanju Bilgich Rossiyaning Turkiyaga nisbatan munosabati haqida bayonot berdi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Tanju Bilgich Rossiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Mariya Zaharovaning Turkiyada Suriya va Qrim siyosati haqidagi iddaolariga to’xtaldi.

495919
Tanju Bilgich Rossiyaning Turkiyaga nisbatan munosabati haqida bayonot berdi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Tanju Bilgich Rossiyaning Turkiyaga nisbatan noo’rin xatti-harakatlari haqida Anadolu agentligiga bayonot berdi.

Tanju Bilgich Rossiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Mariya Zaharovaning Turkiyada Suriya va Qrim siyosati haqidagi iddaolariga to’xtaldi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Mariya Zaharova ohirgi paytlarda Turkiyaga qarata sarf qilgan yolg’on, bo’xton va tuxmatlari Rossiyaning Turkiyaga nisbatan yuritgan tashviqotiga yaqqol misoldir.

Uning aytishicha, bu holat Rossiyaning Suriyada chorasiz ahvolga tushganini ko’rsatadi.

Tanju Bilgich: “Rossiya Suriyada rejim askarlari bilan hamkorlikda shifoxonalarni, maktablarni, qochqin lagerlarini, yosh bolalarni, tinch aholini barril bombasi bilan portlatgani insoniyatga nisbatan jinoyatdir”,-dedi.

Bundan tashqari, Rossiya terror tashkiloti DAISh bilan til biriktirgan va u bilan neft tijoratini yo’lga qo’ygan Suriya rejimi bilan hamkor ekanini va kuni kelib qonun oldida javob berishini eslatgan Tanju Bilgich, Rossiya tomonidan Suriyadagi jang maydoniga qastdan chet ellik jangarilarning jo’natilganiga doir xalqaro matbuotda o’rin olgan xabarlardan voqif ekanini bildirdi.

Tanju Bilgich: “PKK, YPG, DAISh va Al Nusra terror tashkiloti jangarilari rus mahsuloti bo’lgan qurol-aslaha va o’q-dorilardan foydalanganidan xabardormiz”,-dedi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Turkiyaning Qrim siyosati haqida ham turli tanqidlarni tilga olgani ma’lum.

Bu haqda fikr bildirgan Tanju Bilgich: “Ohirgi yillarda Ukraina va Gruziya kabi qo’shni davlatlarga oshkora va qastdan urush metodlari bilan hujum qilgan va qonunga hilof xatti-harakatlari sababli turli sanksiyalarga uchragan Rossiya, Qrimni zo’ravonlik bilan bosib olgani tarixida qora dog’ bo’lib qoladi. Qrimning ishg’oli nafaqat Turkiya balki, butun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmaydi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #Qrim , #Suriya , #urush , #munosabat , #siyosat

Aloqador xabarlar