Binali Yildirim, Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari etib saylandi

Janob Yildirim, Turkiya Respublikasi Transport, dengizchilik va aloqa vaziri edi.

495935
Binali Yildirim, Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari etib saylandi

Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari etib saylangan Binali Yildirim, o’ziga omonat qilingan lavozimni munosib qilib bajarajagini bildirdi.  

Yildirim Anqarada joylashgan Arena sport zalida uyushtirilgan Adolat va taraqqiyot partiyasining ikkinchi favqulodda kongressida 1405 vakilning ovozi bilan partiya rahbari etib saylandi. Ortidan vakillarga minnatdorchilik bildirish maqsadida minbarga chiqdi.

Minbarda, Buyuk Turkiyani insho etish uchun birgalikda shahdam qadamlar tashlashlarini ta’kidlagan Yildirim;

“Muqaddas sayohatimiz, muqaddas qadamlarimiz xayrli bo’lsin. Yo’limiz xalqimizning ovozidir, xalqimizning nafasidir. Partiyamizning lideri Rajap Tayyip Erdog’anning yo’lidir” dedi.

Yildirim, kongressda zalga sig’magan on minglab partiya a’zosiga va kongressni o’tkazish uchun hormay-tolmay, kecha va kunduz mexnat qilgan ayniqsa ayollarga minnatdorchilik bildirdi.  

Yoshlarga ham xitob etgan Janob Yildirim;

“Bizning kelajagimiz yoshlardir. Adolat va taraqqiyot partiyasi sizning mexnatingiz ortida 2023, 2053, 2071 maqsad va rejalarini amalga oshiradi” dedi.

Yildirim;

“Bu kongress bizning qanchalik kuchli, qanchalik katta oila ekanligimizni, qardoshligimizni, birligimizni, birdamligimizni, liderga bo’lgan hurmatimizni, sadoqatimizni o’rtaga qoydi. Haqiqiy sadoqat namunasidir” deya gapirdi.

Yildirim shu bilan birga Turkiyaning butunligi, mustaqilligi, xalqning tinchligi va xavfsizligi uchun chegara darvozalarida, yurtning janubi-sharq mintaqasida kecha va kunduz xizmat qilgan xavfsizlik kuchlariga ham minnatdorchilik bildirdi.

Buyuk Turkiya oilasi maqsadi uchun o’z oilasiga vaqt ajratolmasligini ham ifodalagan Yildirim, buning uchun turmush o’rtog’i va farzandlariga ham ko’rsatgan sabrli muomalasi va to’g’ri tushunchasi uchun minnatdorchilik izhor etdi.    

 

 



Aloqador xabarlar