Prezident Erdog’an Yusufelida, xalqqa xitob etdi

Erdog'an ushbu xitobida, Turkiyaning kun tartibidagi muhim masalalarga to'xtaldi.

495393
Prezident Erdog’an Yusufelida, xalqqa xitob etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an terrorga qarshi kurashning ertami-kechmi, baribir muvaffaqiyatli ravishda o’z nihoyasiga yetajagini aytdi.

Erdog’an Turkiyaning Artvin viloyati, Yusufeli tuman markazida xalqqa xitob etdi.

Daxlsizliklar yuzasidan Turkiya Respublikasi konstitutsiyasiga o’zgartirish kiritish haqidagi taklifning majlisdagi qabuliga to’xtalgan Erdog’an, daxlsizlik mavzusida xalqning aytgani bo’lganini ifodaladi.

Erdog’an, bu millatga hiyonat qilganlarni Turk millati parlamentida ko’rishni istamaganligini ta’kidladi va bundan keyingi jarayonning esa sud vazifasi ekanligini qoshimchaladi.   

Terrorni qo’llab-quvvatlagan deputatlarga ham to’xtalgan Erdog’an;  

“Mashinalarida, tobutlarda qurol olib yurganlar mana bugun Turkiyadan qocha boshladilar. Nimaga qochayabsiz?” dedi.  

Parallel davlat tuzilishiga ham to’xtalgan Prezident Erdog’an;

“Parallel davlat degan bir narsa chiqibdi. Bu davlat bugungi kunda terror tashkilotlari bilan hamkorlik qilmoqda. Biz bitta davlatdan aslo voz kechmaymiz. Boyin ham egmaymiz. Bu tuproqlarga ko’z tikkanlar, buning evazini judayam og’ir to’lamoqda. To’lashni ham davom ettiradi’ deya gapirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdog'an , #Artvin , #daxlsizlik

Aloqador xabarlar