Adolat va taraqqiyot partiyasi bugun yangi rahbarini saylamoqchi

Adolat va taraqqiyot partiyasining yangi rahbarligi uchun faqatgina 1 kishi nomzod ko'rsatildi.

495361
Adolat va taraqqiyot partiyasi bugun yangi rahbarini saylamoqchi

Qariyb 14 yildan beri Turkiyani uzluksiz boshqarib kelgan Adolat va taraqqiyot partiyasi tashkil topganidan beri shu bilan ikkinchi marotaba Favqulodda kongress chaqirib, bugun yangi partiya rahbarini saylamoqchi.

Adolat va taraqqiyot partiyasining uchbu kongresi Anqaradagi Arena sport stadionida bo’lib o’tadi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari va Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li tomonidan 5-may kuni chaqirilgan 2-Favqulodda kongress uchun partiyada boshlatilgan faoliyatlar tamomlanar ekan, kongress o’tkaziladigan zalda ham tayyorgarliklar o’z nihoyasiga yetay deb qoldi.  

Kongress uchun chop etilgan 6 ming dona taklifnoma Misr, Isroil, Bangladesh, Suriya va Rossiyadan tashqari Turkiyadagi barcha elchilarga, missiya rahbarlariga, barcha noqonuniy tashkilotlariga, kasaba uyushmalariga, Xalqlarning Demokratik partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalarga yuborildi. Vaqt yetishmovchiligi tufayli chet eldan mehmon chaqirilgani yo’q.  

Turkiyaning 11-Prezidenti Abdullah Gul bilan partiya tashkil topganidan beri partiyada xizmat qilgan barcha viloyat rahbarlari, 22, 23, 24 va 25-davr deputatlari, viloyat rahbarlari, munitsipalitet rahbarlari ham kongressga taklif qilindi. Qariyb 50 ming tashkilot a’zosining ishtiroki kutilmoqda.

Bir ming 470 vakil ovoz beradigan kongressda avvalom bor Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, ortidan Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbarligiga nomzod Binali Yildirim nutq so’zlaydi. Ortidan saylov boshlar ekan saylov, Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari nomzodi va partiyaning boshqa boshqaruv organlari uchun ikki bosqichda bo’lib o’tadi. Saylovning soat 16:00 chog’larida tamomlanishi rejalashtirilmoqda.

Kongressda, partiyada faoliyat olib borgan va yetakchi lavozimidagi qariyb 800 kishi o’rtasida muhokama qilingan muzokara natijasida tashkilot tomonidan ko’rsatilgan 1 nafar nomzod Turkiya Respublikasi Transport, dengizchilik va aloqa vaziri Binali Yildirimning, 2014-yilning 27-avgusti kunidan beri Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbarligini davom ettirib kelgan Ahmet Davuto’g’lidan lavozimini qabul qilib olishi va Adolat va taraqqiyot partiyasining uchunchi rahbari etib saylanishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar