Adolat va taraqqiyot partiyasi bugun, yangi rahbarini sayladi

Partiyada faoliyat olib borgan va yetakchi lavozimidagi qariyb 800 kishi o’rtasida muhokama qilingan muzokara natijasida faqatgina 1 kishi nomzod deb ko’rsatilgan edi.

495657
Adolat va taraqqiyot partiyasi bugun, yangi rahbarini sayladi

Turkiyaning Izmir viloyati deputati va Turkiya Respublikasi Transport, dengizchilik va aloqa vaziri Binali Yildirim 1 405 vakil ovozi bilan Adolat va taraqqiyot partiyasining rahbari deb saylandi.

Anqaradagi Arena sport stadionida bo’lib o’tgan Adolat va taraqqiyot partiyasining ushbu kongresida, partiya rahbarligi uchun saylov bo’lib o’tar ekan unda 1470 vakildan 1411 nafari ovoz berdi. Saylovda 6 vakilning ovozi esa yaroqsiz deb topildi.   

Shunday qilib partiyaning asoschi rahbari deb qabul qilingan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an partiyasida, Ahmet Davuto’g’lidan keyin rahbarlik vazifasini qabul qilib olgan Binali Yildirim, partiyaning uchunchi rahbari degan nomga ega bo’ldi.



Aloqador xabarlar