Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an yoshlarga xitob qildi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Adolat va taraqqiyot partiyasining kongressi   bo’lib o’tadigan 22- may  yakshanba oqshomi, saylanadigan yangi bosh rahbarga hukumatni tuzish vazifasini  beraman deb aytdi.

494161
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an yoshlarga xitob qildi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Adolat va taraqqiyot partiyasining kongressi   bo’lib o’tadigan 22- may  yakshanba oqshomi, saylanadigan yangi bosh rahbarga hukumatni tuzish vazifasini  beraman deb aytdi.  

Erdo’g’an, shaxsi  bir televideniye  kanalida jonli ravishda efirga uzatilgan , Prezidentlik kulliyasida amalga oshirilgan yoshlar bilan uchrashuvida, Yakshanba kuni oqshomida, yangi    bosh vazir ma’lum bo’ladi dedi.

Daxlsizliklarni   bekor qilish mavzusida bir savolga  javob bergan Prezident Erdo’g’an,  deputat haqidagi da’volar mavzusida esa yakuni qarorni  mahkama beradi dedi.

Erdo’g’an,

“ Bir tomondan bizga  har narsaga bormiz  deyishadi. Unday bo’lsa ruxsat bering barcha sud qilinsin.

Agar bugun sud qilinmasa, ertaga  sud qilinadi. Bundan qochib qutulish mumkin emas. Hech bo’lmasa Turkiya Respublikasining  boshiga dard bo’lmang” deb aytdi.

Prezidentlik sistema tortishuvi borasida ham to’xtagan Erdo’g’an, G- 20 o’lkalari o’rnak  qilib ko’rsatib, ushbu o’lkalarning yorimidan  ko’prog’i  prezidentlik sistemasi bilan  boshqarilmoqda dedi.

Prezident, Yevropa ittifoqining vizalarni ozod qilish masalasi bilan tegishli esa  ular, kech yoki erta Turkiyaga vizalarni ozod qilishlariga ishonchim komil dedi.

Yevropa ittifoqi  ikki yuzlamachilik qilmoqdalar degan Erdo’g’an,

“ ko’rasiz ki Yevropa ittifoqi Lotin Amerika o’lkalariga viza bermoqdalar , ya’ni Schengenga  tab’lar.

Bularning Yevropa ittifoqi bilan nima aloqasi bor?  Ularga ushbu imkoniyatni   berasiz, muzokara holidagi Turkiyaga esa  viza bermaysiz?” deb ma’lum qildi.

Terror bilan kurash borasida ham to’xtagan Prezident;

“ Turkiyada  terror yakunlanmasdan operatsiyani  to’xtatmaymiz, Turkiyada davlat hokimiyati va millatimning huzur- halovati ta’min etilishigacha kurashimiz davom etadi” deb bildirdi.

Erdo’g’an, Suriya va Turkmanlar bilan tegishli  bir savolga, Bayirbujak Turkmanlarning boshidan o’tayotgan qiyinchiliklar oddiy bir narsa emas deb javob berdi.

Turkiya sifatida Suriya borasida  berilgan kurash ustida  to’xtagan Erdo’g’an, Bayirbujak Turkmanlariga har turli yordamni qilganlarini va bundan keyin ham  davom etadi, ularni  hech bir vaqt yolg’iz qoldirmaymiz deb ta’kidladi.

“ Turkman tog’lari albatta ki  g’alaba qozonadi.”  Deb bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezidnet Erdog'an , #Yangi , #Bosh , #Vazir , #Kongressi

Aloqador xabarlar