Mardinda yana 1 askar shahid bo’ldi

Mintaqada terroristlarga qarshi yuritilgan harbiy amaliyot davom etmoqda.

492026
Mardinda yana 1 askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Mardin viloyati, Nusaybin tumanida PKK terror tashkiloti bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida to’qnashuv yuz berdi. Oqibatida 1 askar shahid bo’ldi.

Terroristlarning xavfsizlik kuchlariga qaratib o’q uzisihi oqibatida kelib chiqqan to’qnashuvda jiddiy jarohat olgan askar, olib borilgan shifoxonada shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo’ldi.

Mintaqada terroristlarga qarshi amaliyot davom etmoqda.

Undan tashqari Turkiyaning Kars viloyatida, bir hafta oldin yana terroristlarga qarshi yuritilgan amaliyot chog’ida qoyali toshlardan qulab, tan jarohati olgan Kazim Ay, Erzurumda, kasalxonada shahid bo’ldi.

Shahidning janozasi Erzurum harbiy aeroportida uyushtirilgan marosim ortidan dafn qilinishi maqsadida tug’ilib o’skan shahriga, Oqsaroyga kuzatiladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mardin , #shahid , #harbiy amaliyot

Aloqador xabarlar