Mustahkam oila-yurt tayanchi

Bugun, “Xalqaro oila kuni”. Ushbu kun Turkiyada, 1994-yildan beri nishonlanib kelmoqda.

491191
Mustahkam oila-yurt tayanchi

Oila-jamiyatning eng asosiy bo'g'inidir.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yili qabul qilgan qaroriga muvofiq 15-may “Xalqaro oila kuni” deya e’lon qilingan. 1994-yildan e’tiboran esa butun dunyoda, shu jumladan mamlakatimizda ham bu kun “Xalqaro oila kuni” deya nishonlanib kelmoqda.

Hech shubhasiz, bir insonning eng yaqin do’sti o’z oilasi ichidan chiqadi. Oila muhitida paydo bo’lgan sevgi va hurmat bog’lari shundayin kuchli bo’ladiki u oila a’zolaridan birining kasal bo’lib qolishida, bir muammoga duch kelinishida boshqa oila a’zolarining ham dardiga aylanadi. Oila a’zolarining bir-biriga bo’lgan muomala va munosabati qanchalik mustahkam bo’lsa bir jamiyatning kelajagi ham huddi ana shunday muvaffaqiyatli barpo etiladi.Haqiqatdan ham oila shunday muhitki, unda vatanni sevmoq, odamlarni, tabiatni qadrlamoq, ota-onaga hurmat ko’rsatish darslari o'rgatiladi. Xalqaro oila kuni munosabati bilan jamiyatimizning barcha a’zolariga baxt va omad tilaymiz.


Tanlangan kalimalar: #Oila , #Xalqaro oila kuni , #jamiyat

Aloqador xabarlar