Ibrahim Kalin: "Yevropa ittifoqi-Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashini qo'llab quvvatlashi kerak"

Turkiya Prezidentlik kotibi Ibrahim Kalinning mulohazalari...

490677
Ibrahim Kalin: "Yevropa ittifoqi-Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashini qo'llab quvvatlashi kerak"

Yevropa ittifoqi-Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashini qo'llab quvvatlashi kerak.

Turkiyaning milliy manfaatlari Yevropa ittifoqiga turk fuqarolarining vizasiz kira olishidan ham ustun turadi.

Yevropa ittifoqi, Turkiya fuqarolarining Yevropaga viza olmay sayohat qilishi uchun bir muncha shartlarni amalga oshirilishi kerakligini bildirdi va bu shartlarning orasida Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashida boshqacha yo'l tutishi talab qilingan. Bu Yevropa ittifoqi tomonidan salbiy oqibatlar olib keluvchi siyosiy qadam bo'lganiga qaramay, Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a'zoligi yo'lida ham salbiy natijalar olib kelishi aniq.

Ma'lum bo'lganidek, Turkiya Respublikasi bilan Yevropa ittifoqi o'rtasida, Turkiya fuqarolarining viza olmay Yevropa ittifoqiga sayohat qilishi uchun uzoq vaqtlardan beri muzokalar olib borildi. Aslida bu loyiha, Yevropa ittifoqi tomonidan immigrantlarning Yevropa ittifoqi o'lkalariga kelishini oldini olish uchun amalga oshirmoqchi bo'lgan tadbirning bir qismi bo'lib hisoblanadi. Turkiya Respublikasi Yevropa ittifoqi bilan tuzilgan shartnoma asosida 20 mart kunidan beri Yevropa ittifoqi tuproqlariga noqonuniy yo'llar  bilan kirmoqchi bo'lgan suriyalik qochqinlarni qayta Turkiyaga qabul eta boshladi. Noqonuniy yo'llar bilan ittifoq o'lkalariga kirmoqchi bo'lganlar Turkiyada ushlab qolingan edi. Bu tadbirlar natijasida Turk va Yunon sohillarida noqonuniy qochib o'tayotganlarning soni keskin ravishda ozaydi. O'tgan oktyabr oyining o'zida har kuni 5 mingdan ziyod qochqin Yunoniston tuproqlariga kirib borayotgan edi. Hozirda esa, bu raqam har kuni 100dan kamayib ketdi. Suriyadagi ichki urush va qochqinlarning muammosi dunyo bo'ylab davom etar ekan, Yevropa ittifoqi rahbarlari Yevropa shaharlarida paydo bo'layotgan minglagan qochqinlarning muammosidan qutulganday edi.

Turkiya fuqarolari uchun vizani bekor qilish shartnomasi, 2013 yili imzolandi va 2016 yilning oktyabr oyida kuchga kirishi kutilayotgan edi, faqat ittifoq yaxshi niyat qatorida bu muddatni iyun oyiga jildirdi.

Turkiya esa, bu loyihani juda mamnuniyat bilan qabul qildi, lekin milliy va siyosiy manfaatlariga zid moddalar shart qo'yiladigan bo'lsa buni qabul etmasligi aniq. Aslida Turkiya uzoq yillar avval Shengen viza sistemasiga tegishli bo'lishi kerak edi. Hatto, Fors ko'rfazi va Lotin Amerika o'lkalari vizadan ozod qilinar ekan, Turkiyaning hali ham ozod qilinmagani Yevropa ittifoqining xatosidir. Chunki, Turkiya ittifoq bilan bojxona shartnomasiga a'zo bo'lish bilan birga ittifoq davlatlariga 5 millionga yaqin Turkiya fuqarosi yashamoqda. Bu vaziyatni adolat bilan izohlab bo'lmaydi.

Eng achinarlisi esa, Turkiya Respublikasi terrorizm illatiga qarshi kurashar ekan, Yevropa ittifoqi Turkiyaning terrorizmga qarshi kurash qonunini o'zgartirishini talab qilayotganligidir. Bu muammo ittifoqqa a'zolik moddalari orasida muzokara qilinishi  mumkin, lekin vizani bekor qilish uchun asosiy shart qatorida shartnomaga qo'yilishi siyosiy jihatdan notog'ri bir qaror bo'lib hisoblanadi.

Chunki, buning oddiy sababi bor. Turkiya PKK, DAESH, İhtilolchi Xalq Mustaqillik Partiyasi va shunga o'xshash terrorist guruhlarga qarshi kurashmoqda. O'tgan sakkiz oyning o'zidayoq 400dan ziyod Turkiya fuqarosi terror guruhlarining hujumlarida qurbon bo'lar ekan,yuzdan ziyod terrorist bartaraf etildi. Kechagi kunning o'zidayoq olti nafar askar Hakkari mintaqasida PKK terroristlari tomonidan qatl etildi. PKK terror guruhi Diyarbakir, Hakkari, Mardin, Ankara va İstanbul shaharlarida xavfsizlik kuchlariga va oddiy fuqarolarga qarata hujum uyushtirdi. Shuningdek, DAISh terroristlari ham Turkiyada bir necha bor hujum uyushtirib gunohsiz fuqarolarning hayotiga zomin bo'ldi. Turkiyaning chegaradagi tumani Kilis esa, doimiy ravishda DAISh terror guruhining hujumlari ostida yashamoqda.

Turkiya Respublikasi, o'zining ittifoqdoshlari deb bilgan AQSh va Yevropa ittifoqining yordami bo'lsa ham bo'lmasa ham, terrorist guruhlarning tahdidlariga qaramay o'zining kurashini davom ettiradi. Bu mavzuda o'z o'zidan shunday savol tug'iladi: Turkiya shu tariqa to'rt tomonlama terror guruhlariga qarshi kurashar ekan va Suriya urushi, DAISh muammosi, qochqinlarni oziq-ovqat va yashash joyi bilan ta'minlash va PKK terror guruhiga qarshi kurashning qiyinchiliklarini o'z zimmasiga olgan bir paytda, Yevropa ittifoqi qaysi ong bilan Turkiya davlatidan terrorizmga qarshi kurash qonunining o'zgartirilishini talab qiladi?

Yevropa ittifoqi, Parijda va Brusselda yuzaga kelgan terror hujumlaridan so'ng, Fransiya va Belgiyadan terrorizmga qarshi kurash qonunini o'zgartirishni talab qila olishi mumkin mi? Bu savolni so'rashga xojat yo'q. Turkiya Respublikasi, Yevropa ittifoqining har bir davlatini terrorizmga qarshi kurashda qo'llab quvvatlar ekan, lekin Turkiyaning o'zi terrorizmga qarshi kurashar ekan, PKK va DAISh kabi terrorist guruhlarga qarshi murakkab kurashni davom ettirar ekan, Yevropa ittifoqidan ham qo'llab quvvatlashni kutishi eng tabiiy haqqi deb hisoblaymiz.

Yevropa ittifoqidagi bir necha shaharda PKK terror guruhi bilan bog'liq bo'lgan uyushmalar erkin vaziyatda agitatsiya va tashviqot faoliyatlarini olib borar ekan, shuningdek terrorist guruhga yangi a'zolar qo'shib, o'z fondlariga pul yig'ib, PKK terrorist guruhiga jo'natmoqda. Yevropa ittifoqi Turkiyani yangi qonun chiqarishga majburlash o'rniga  ittifoq ichidagi PKK guruhiga oid bo'lgan unsurlarni bartaraf etishi kerak.

Turkiya davlati, Suriyadan kelgan qochqinlarni nazorat qilish bo'yicha yordam talab qilmoqda. Shu sababli, Turkiya fuqarolarining ittifoq o'lkalariga vizasiz sayohat qila olishi ham bu jarayonning tabiiy bir natijasi bo'lishi kerak. Lekin vizalarning bekor qilinishi evaziga Turkiya davlatining milliy xavfsizlik manfaatlarini o'zgartirishni talab qilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Yevropa ittifoqining hozirgi kunda amalga oshirishi kerak bo'lgan eng oqilona harakat, Turkiyadagi va Yevropadagi terrorist guruhlarni va ularning homiylarini suyuntiradigan ishlarning o'rniga, Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashida qo'llab quvvatlashdan iborat bo'lishi kerak. 

 



Aloqador xabarlar