Prezident Erdog’an, Ban Ki-Mun bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki-Mun bilan telefon orqali uchrashuv o’tkazdi.

490060
Prezident Erdog’an, Ban Ki-Mun bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki-Mun bilan telefon orqali uchrashuv o’tkazdi.

Prezidentlik manbaalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu uchrashuvda, “Butunjahon gumanitar sammiti”ga Turkiya mezbonlik qilayotganligi uchun Prezident Erdog’anga minnatdorchilik bildirdi.

Ban Ki-Mun, 23-24 may kunlari Istanbulda bo’lib o’tadigan sammitda butun dunyo ishtirokchilarining, bugungi kunning eng muhim masalalarini kun tartibiga olib chiqishiga ishonchi komil ekanligini bildirib, BMT sifatida, Turkiya Respublikasi va hukumatining “Butunjahon gumanitar sammiti”ni qo’llab-quvvatlashidan xursand ekanligini ham ifodaladi.

Erdog’an esa, ushbu sammitning, global va mintaqaviy mavzular haqida fikr almashish uchun katta fursat ekanligini ta’kidladi.  

Suriya va Kipr masalalariga ham to’xtalgan uchrashuvda, Suriyadagi o’tish jarayoni va muhojirlar mavzusida xalqaro jamiyatning yana-da mustahkam hamkorlik qilishi kerakligiga e’tibor qaratgan Erdog’an va Ban Ki-Mun, Kiprdagi masalaning hal qilinishiga ham katta ahamiyat berganliklarini bildirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki-Mun, oroldagi masalaning hal qilinishidan umidvor ekanligini bildirar ekan, Ptrezident Erdog’an esa jarayonni yaqindan kuzatib borayotganliklariga e’tibor qaratdi.

 



Aloqador xabarlar