Turkiyada terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda

Mardin viloyatiga qarashli Nusaybin tumanida terror tashkiloti PKKga qarshi olib borilgan operatsiyada 7 ta, Shirnakda esa, 2 ta terrorist o’ldirildi.

487179
Turkiyada terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda

Turkiyada terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda.

Mardin viloyatiga qarashli Nusaybin tumanida terror tashkiloti PKKga qarshi olib borilgan operatsiyada 7 ta, Shirnakda esa, 2 ta terrorist o’ldirildi.

Operatsiyada ko’plab qurol-aslahalar qo’lga tushirildi.

Shuningdek, bugungacha olib borilgan operatsiyalarda Nusaybinda 354 ta, Shirnakda 323 ta terrorist o’ldirilgan.

Bundan tashqari, Kilis tumaniga qarashli Elbeyli qishlog’ida Turkiyadan noqonuniy yo’llar bilan Suriyaga o’tishga harakat qilgan chet el millatiga mansub bir kishi qo’lga olindi.

Mazkur shaxsning Suriyada DAISh safida jang qilgani aniqlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terrorizm , #kurash , #Mardin , #DAISh , #PKK

Aloqador xabarlar