Turkiya PYD terror tashkilotining Germaniyada o’z vakolatxonasini ochishiga e’tiroz bildirdi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Tanju Bilgichning aytishicha, PYD terror tashkilotining PKK terror tashkiloti bilan aloqasi borligi barchaga ma’lum.

487220
Turkiya PYD terror tashkilotining Germaniyada o’z vakolatxonasini ochishiga e’tiroz bildirdi

Turkiya PYD terror tashkilotining Germaniyada o’z vakolatxonasini ochishiga e’tiroz bildirdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Tanju Bilgich mavzuga doir matbuot anjumani o’tkazib, bu vaziyatni qabul qilib bo’lmasligini ma’lum qildi.

Tanju Bilgichning aytishicha, PYD terror tashkilotining PKK terror tashkiloti bilan aloqasi borligi barchaga ma’lum.

Uning fikricha, ittifoqdosh davlatlar terrorizmga qarshi kurashda Turkiyani qo’llab quvvatlashi zarur.

Tanju Bilgich bundan tashqari, Germaniya parlamentiga 1915 yil voqealari bilan bog’liq berilgan taklifni qoraladi.

Germaniya ohirgi paytlarda mavzuga doir betaraf munosabatda bo’lmaganini eslatgan Tanju Bilgichga ko’ra, bu taklif qabul qilingan taqdirda, ikki davlat o’rtasidagi aloqalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Tanju Bilgich: “Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan qayta qabul shartnomasi asosida 5 oyda 386 qochqin qaytarib olindi, suriyalik 125 qochqin esa, Yevropa davlatlariga jo’natildi”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #PYD , #PKK terror tashkiloti , #Germaniya

Aloqador xabarlar