Turkiya terrorga qarshi kurashda yolg'iz qoldirildi...

Prezident Rajab Tayyib  Erdo’g’an, Suriyada terror tashkiloti DAESH bilan kurashganini aytganlarning hech biri , mazkur tashkilotga Turkiya  qadar zarar bermadi, ushbu kurashda Turkiya yolg’iz  qoldirildi dedi.

486959
Turkiya terrorga qarshi kurashda yolg'iz qoldirildi...

Prezident Rajab Tayyib  Erdo’g’an, Suriyada terror tashkiloti DAESH bilan kurashganini aytganlarning hech biri , mazkur tashkilotga Turkiya  qadar zarar bermadi, ushbu kurashda Turkiya yolg’iz  qoldirildi dedi.

Erdo’g’an, Istanbul Chekmeko’y Shahar hokimi tomonidan uyushtirilgan “ Adolat va Marhamat” mavzuli  xalqaro qisqa kinofilm  mukofot marosimida so’zga chiqdi.

Va Merhamat”  mavzuli xalqaro qisqa film bellashuv mukofotiga qatnashdi.

Erdo’g’an, bu yerda so’zlagan nutqida, dunyoning bir burchagida ma’sum insonlar qatl etilar ekan, boshqa tomonida milliardlar  kishi esa  bunga e’tiborsiz qolib  o’zlarining  rohatini tushunganiga diqqat qaratdi.

“Zolim diktorlar, shafqatsiz terror tashkilotining tahdididan qochib kelgan bolalar va ayollar, qarshi larida shafqat bilan ochilgan qo’llar emas, yopilgan eshiklar, devorlar bilan to’silgan chegaralar  mavjud” deb aytdi.  

Suriyada 6 yildir sodir  davom etgan fojiada, insoniyat yomon bir sinovdan o’tmoqda degan Erdo’g’an,

“ Turkiya ko’ngil va chegaralarini  mazlumlarga va jabr ko’rganlarga ochar ekan, boshqalari  uch maymun o’yini o’ynamoqdalar.  Mavzu o’zlari bo’lganda dastlab eshiklarini yopadi. Mana bularning marhamati yo’q. Bularda diktorlik bor, bularda zulm bor dedi.  Biz masalani negizdan yechishni, Suriyada xavfsiz hudud tashkil etib, bu insonlarni  ko’chga majbur qilgan sabablarni bartaraf etishni taklif qilgan holda,   ular masalani  boshqa tomonlarga olib borishga qat’iylik  ko’rsatmoqda deb ifoda etdi. Prezident Erdo’g’an,

 

“ Suriyada DAESH bilan kurashganini aytganlarning hech biri, biz qadar badal  bermadi.

Bir tomondan jonli bombalar bilan, boshqa tomondan  Kilisga qarata qiling hujumlar bilan bizni   terror tashkilotga qarshi kurashda  yolg’iz qoldirdilar. Anqara va Istanbulda portlovchi moddalarga berilgan reaksiya, Parijda, Brusselda qilingan hujumlardagi  norozichilik  orasidagi farq, adolatsizlikdan boshqa bir narsa emas” dedi.

BMTda faqatgina Xristianlar tashkil etgan bir kengash mavjud ekanligiga diqqat qaratdi janob Erdo’g’an,

“ 1.7 million Musulmon mavjud bo’lgan bu dunyoda, BMTda hech bir Musulmonning taqdir salohiyati yo’q.  Biz  buni tilga olishga davom etamiz.  Ayta- ayta  natijada 5 o’lkaning tashqarisidagi 190 o’lkaning ham u yerda bir  namoyandaligini ta’min etamiz, ta’min etishimiz ham lozim.” Deb  ma’lum qildi.

Suriyadagi urushning yechimi mavzusida 5 doimiy   a’zoning bir tasi “ rad” desa u yerda har qanday bir qadam tashlanmaydi deb ifoda etdi Prezident,

“ Shunday qilib bir Adolat  bo’ladi mi? Siz  bunday bir xavfsizlik kengashidan adolat  kutasiz?

O’zimizni nima uchun aldaylik?” deb norozichilik ko’rsatdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Terror- Prezident , #Erdo'g'an. BMT , #Islom , #Olami

Aloqador xabarlar