Prezident Erdo'g'an BMTdagi adolatsizlikka diqqat qaratdi

Prezident Erdo'g'an BMTning ko'chmanchilar mavzusidagi adolatsizligiga diqqat qaratdi.

485216
Prezident Erdo'g'an BMTdagi adolatsizlikka diqqat qaratdi

Prezident Rajab Tayib Erdo'g'an, BMT Xavfsizlik Kengashidagi adolatsizlikka diqqat qaratib, ko'chmanchilarning drammasiga global ko'lamda adolat o'rntadigan tashkilotlarning yetarsiz bo'lganini izohladi.

Prezident Erdog'an, Istanbul Dolmabahche Saroyida, Xalqaro Oliy Ma'muriy Sud Tashkilotining kechki ziyofatiga qatnashdi.

"Turkiya davlati sifatida hozirgi kungacha dengizlardan to'plagan ko'chmanchi soni 110 mingga borib yetdi" degan Prezident Erdog'an, "Insonning yuragini qonatgan, bu ayanchli ahvolga qaramay, global adolat o'rnatadigan tashkilotlar o'z manfaatlarini ko'zlab, inson hayotining yuqotishiga ko'z yummoqda. 'Buning uchun biz besh a'zodan kuchlimiz' deb, BMTdagi adolatsizlikka diqqat qaratmoqchimiz" deb so'zladi.

Prezident Erdog'an, "Adolat chambari, qadim davlat boshqaruvi va siyosyi uslubimizdir" deb ifoda etib, quyidagicha so'zladi: "Bu tushuncha bilan 2002 yildan beri amalga oshirilgan islohotlarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy o'zgarishlarning butunlay adolat doirasida kiritishga g'ayrat qildik. Lekin Adolatsizlikni bartaraf qilish faoliyatlarimizning oldida, afsuski har doim to'siqlar chiqdi va chiqarildi. Bulardan biri terrordir, asosan sharq va jaubiy sharq hududimizga sarmoya kiritishga to'sqinlik qilish uchun har tomonlama bolta urmoqda."

 

 

 



Aloqador xabarlar