Suriyadan otilgan roketa Turkiyaning Kilis tumaniga tushdi

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, kecha oqshom paytlarda Kilisga otilgan roketa xavfsizlik boshqarmasi binosi oldidagi maydonga kelib tushgan.

483891
Suriyadan otilgan roketa Turkiyaning Kilis tumaniga tushdi

DAISh terror tashkiloti Suriya tomonidan Turkiyaning Kilis tumaniga 4 ta roketa otdi.

Bunga qarshilik ko’rsatgan Turk Qurolli Kuchlari chegaraning Suriya tomonidagi terroristlarga qarshi operatsiya o’tkazdi.

Operatsiyada 13 ta terrorist o’ldirildi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, kecha oqshom paytlarda Kilisga otilgan roketa xavfsizlik boshqarmasi binosi oldidagi maydonga kelib tushgan.

Darhol kerakli choralarni ko’rishga kirishgan Turk Qurolli Kuchlari roketa otilgan Turkuman Barik hududidagi DAISh makonlarini aniqladi.

Chegaraning Suriya tomonidagi terror makonlariga hujum qilinganda 13 terrorist o’ldirildi, ko’plab terrorist jarohatlandi.

Kecha tongda ham Kilisga Suriya tomonidan roketa otildi va bir kishi og’ir yaralandi.

Dushanba kuni kechki paytlarda ham Kilisga Suriya tomonidan roketa otilgan edi va 1 kishi halok bo’lgan edi, 2 kishi yaralangan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #Kilis , #roketa , #bomba , #DAISh , #terrorist

Aloqador xabarlar