Turkiya-Yevropa ittifoqi o'rtasidagi viza masalasi hal qilingandek

Turkiya Yevropa ittifoqi bilan qochqinlar masalasida muzokara qilar ekan, Turk fuqarolari uchun vizasiz rejim boshlatilishi uchun YI bilan mart oyida kelishib olgan edi.

483460
Turkiya-Yevropa ittifoqi o'rtasidagi viza masalasi hal qilingandek

Turkiyaning, Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolariga qaratilgan viza tartibining bekor qilinishi haqidagi qarori, rasmiy gazetada chop etildi.

Qaror, Vazirlar kengashi tomonidan qabul qilingan edi.

Ushbu qaror, Yevropa ittifoqining Turk fuqarolariga, shengen hududiga kirish iznini beruvchi vizasiz rejim boshlagan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Turkiya Yevropa ittifoqi bilan qochqinlar masalasida muzokara qilar ekan, Turk fuqarolari uchun vizasiz rejim boshlatilishi uchun YI bilan mart oyida kelishib olgan edi.

Faqat Yevropa ittifoqi, vizasiz rejim uchun Turkiyaga taqdim etgan 72 moddalik shartning bajarilishini talab qilmoqda.

Yevropa ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi Volkan Bozkir, bu shartlarning barchasining bu hafta tamomlanishini ma’lum qilgan edi.  

Turkiya-Yevropa ittifoqi vizasiz rejim sharti barcha Yevropa ittifoqi davlatlarini o’z ichiga olmoqda.

Daniya, Buyuk Britaniya va Irlandiya esa vizasiz rejim kelishuviga amal qilmaydigan davlatlar ro’yhatidadir.



Aloqador xabarlar