Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida imzolangan shartnoma o'z samarasini bermoqda

Vatanidagi ichki nizolar, iqtisodiy va siyosiy krizis kabi bir qator sabablar bilan o’zga yurtlarga otlangan immigrantlar soni aprel oyida avvalgi oyga nisbatan 80% kamaydi.

482505
Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida imzolangan shartnoma o'z samarasini bermoqda

Joriy yilning mart oyida Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida imzolangan qayta qabul shartnomasi natijasida noqonuniy migratsiyaning qisman oldi olindi.

 Vatanidagi ichki nizolar, iqtisodiy va siyosiy krizis kabi bir qator sabablar bilan o’zga yurtlarga otlangan immigrantlar soni aprel oyida avvalgi oyga nisbatan 80% kamaydi.

O’tgan yilning aprel oyida jami 2490 ta immigrant noqonuniy ravishda boshqa davlatlarga o’tgan, 2016 yilning aprel oyida esa, bu raqam 1728 nafarni tashkil qiladi.

Natijada, bir yil ichida noqonuniy immigrantlarning boshqa davlatlarga ko’chish nisbati 30% kamaygan.

Sohil xavfsizlik qo’mondonligi xodimlari noqonuniy migratsiyaga qarshi Egey dengizi va O’rta Yer dengizida olib borgan faoliyatlarda, yanvar oyida 5506, fevral oyida 8747, mart oyida 8530, aprel oyida esa, 1728 ta noqonuniy immigrantni qo’lga tushirdi.

 



Aloqador xabarlar