Yangi Turkiya yo'lida

Davuto’g’li, telekanallar orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinayotgan “Yangi Turkiya yo’lida” deb nomlangan nutqida, kun tartibidagi masalalarni baholadi.

481769
Yangi Turkiya yo'lida

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, Kut-ul Amara urushining, ezilgan xalqlarning mustamlakachilarga, bosqinchilarga qarshi bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarib kurashgan eng oxirgi, eng yirik jangi ekanligini aytdi.

Davuto’g’li, telekanallar orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinayotgan “Yangi Turkiya yo’lida” deb nomlangan nutqida, kun tartibidagi masalalarni baholadi.

Davuto’g’li Kut-ul Amara g’alabasi chog’ida, Yaqin Sharq hududidagi butun etnik va diniy guruhlarning mustamlakachilarga qarshi birlik va birdamlik ichida katta muvaffaqiyat qo’lga kiritganligini ta’kidladi.

Islom dunyosida o’z xalqiga zulm qilgan zolim rejimlar va har qanday vijdoniy tamoyillarni oyoq osti qilgan yovvoyi terrorist tashkilotlar borligiga e’tibor qaratgan Davuto’g’li, tashqarida esa shafqat dinini, islom dinini batamom noto’g’ri baholamoqchi bo’lgan islomofobik muhit borligiga e’tibor qaratdi. Shuningdek Davuto’g’li, bu murakkab jarayondan islom dunyosining muvaffaqiyatli ravishda chiqib ketajagini chunki islom dunyosida bundan buyon Turkiya kabi muvaffaqiyat namunalari mavjudligini eslatdi.

Turkiyada, sodiq davlat arboblarining xizmatda ekanligini ta’kidlagan Davuto’g’li,

“Terror hujumlari orqali yurtimizning kelajagini qoralamoqchi bo’lganlar bo’lishi mumkin. Ularga qarshi eng asosiy qurolimiz birligimizdir. Biz chegaralarimizning himoya qilinishi, fuqarolarimizning tinchligi va barqarorlikning har bir shahrimizda mutlaqo kafolatga olinishi uchun kecha va kunduz hormay-tolmay mehnat qilmoqdamiz. Bunga ishonchingiz komil bo’lsin. Bu tuproqlarda erkinlik va xavfsizlik albatta ta’minlanadi” dedi.    

1-may Xalqaro mehnatkashlar birdamligi kuniga ham to’xtalgan Davuto’g’li, “Bu dunyoda, odam bolasi mehnatidan yana-da hayrli hech narsa yo’qdir” dedi.

Davuto’g’li,

Barcha uyushmalarimizning, siyosi ko’z qarashi nima bo’lishidan qat’iy nazar, mehnati muqaddastir. Mehnatingizga hurmat ila qaraymiz. Sizning mehnatingiz evazini berish uchun har qanday chora va tadbirlarni olamiz. Yoningizga borib, peshona teringizni artishni xohlardim. 1-may Xalqaro mehnatkashlar birdamligi kuningiz qutlug’ bo’lsin” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar