Prezident Erdog’anning 1-mayga atalgan tabrik so’zi

1-may Xalqaro mehnatkashlar birdamligi kuni.

482052
Prezident Erdog’anning 1-mayga atalgan tabrik so’zi

Prezident Erdog’an, mehnat qilish shart-sharoiti haqidagi barcha muammolarning o'zaro muloqot orqali hal qilinishi mumkinligini belgilab o’tdi.

Erdog’an o’zining, “1-may Xalqaro mehnatkashlar birdamligi kuni”ga atalgan tabrik so’zida;

“Mehnatkash qardoshlarimizning butun dunyoda, birdamlik ichida, nohaqliklarga qarshi kurashgan kuni sifatida nishonlanib kelayotgan 1-may Xalqaro mehnatkashlar birdamligi kuni bilan tabriklayman” dedi.

Erdog’an;

“Mehnatlari va peshona terlari bilan, yurtimizning rivojlanishi va gullab-yashnashiga hissa qo’shgan barcha ishchi va mehnatkashlarimiz, o’z haq va huquqlarini himoya qilar ekan ularning tinch va demokratik yo’llardan ilgarilashi yurtimizning demokratiyasining rivojlanishi jihatidan ham katta ahamiyat kasb etadi” dedi.

Erdog’an shuningdek;

“1-may Xalqaro mehnatkashlar birdamligi kunining tinch, do’stona, provakatsiyalardan iroq, bayram kayfiyatida nishonlanishini tilab, barcha fuqarolarimga chin yurakdan salom yo’llayman” dedi.

 



Aloqador xabarlar