Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning Xorvatiyadagi ma'ruzasi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an

480062
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning  Xorvatiyadagi ma'ruzasi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an,  samimiyat  bilan birgalikda yashash madaniyatini mudofaa qilganlarni bir- biriga dushman qilmoqchi bo’lganlar esa  o’z girdobi tushib g’arq bo’ladilar dedi.

Erdo’g’an, Xorvatiya Islom  birligi rahbariyati tomonidan uyushtirilgan, Xorvatiyada Islomiyatning rasmiy  bir din sifatida qabulining 100- yilligi marosimida so’zlagan nutqida, Xorvatiya tuproqlari Islomiyat bilan tanishishi juda  ham eskilarga taqalganini , yuzlab yil bo’yicha Musulmonlar ushbu tuproqlarda tinchlik, huzur va ishonch bilan yashaganlarini  ma’lum qildi.

Xorvatiya 1991- yilida o’z  mustaqilligini qozonish bilan bir qatorda barchalar  kabi Musulmonlarning   ham boshidan o’tkazgan qiyinchiliklarni oshib o’tganlarini  ifoda etgan  Erdo’g’an,

“Bugun Xorvatiyada insonlar erkin ravishda dini vazifalarini bajo keltirganlarini, heh bir shaklda kamsitilmasdan huzur- halovat bilan yashaganlarini ko’ryapmiz. Shubhasiz  sabr- toqat va erkinlik Musulmonlarga xos bir vaziyat emas, barcha dinlar va madaniyatlar uchun joriy” deb ifoda etdi.

 

Marosimda Islom geografiyasining farqli hududlaridan mehmonlar mavjud bo’lganiga ishora qilgan Erdo’g’an,

“ Har birimiz o’z o’lkamizda va tuprog’imizda muhim vazifalar, og’ir mas’uliyatlar o’z zimmamizga olganmiz. Bizlar Ayiruvchi  emas, birlashtiruvchi  bo’lishimiz lozim, birlik va birdamlikni rag’batlantirishingiz  juda muhimdir ” dedi.

Sabr- toqat va  muloqotning ahamiyatiga diqqat qaratgan Erdo’g’an,  

“ Dinlar orasidagi munosabatlarda  tarixning dardli hodisalari bilan aks ettirish  juda xatodir. Bugungi kunda esa dardli voqealarni emas, birgalikda yashashga doir yaxshi o’rnaklar  ustida to’xtatishimiz kerak dedi.

Bugungi kunda Xorvatiyada bizga bu yerda  haqiqatan taqdir etiladigan, o’rnak bir ko’rinish bahs mavzusi.

Biz ham o’lkamizning jamiyatini  tashkil etgan farqli din  va madaniyatlarni Turkiyaning qiymatli bir xazinasi  sifatida ko’rmoqdamiz.  Bular  kambag’allik emas, bular zidiga boylikdir.” Deb ifoda etdi.

Turkiya oxirgi  13 yilda o’lkadagi barcha jamiyat qismlarini bo’lganidek Xristian va Yahudiylarning  ham haq va erkinliklarini kengaytgan bir davr  ekaniga  ham diqqat qaratgan Erdo’g’an,  

Bundan so’ngra ayni tushuncha bilan faoliyatni  davom ettirishlarini  ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'gan , #Xorvatiya , #Ma'ruza , #Musulmon , #100- yiligi

Aloqador xabarlar