Prezident Erdo'g'an Horvatiyada

Prezident Erdo'g'an, Turkiyaning eshiklarini ko'chmanchilarga yopmasligini bildirdi.

479534
Prezident Erdo'g'an Horvatiyada

Prezident Rajab Tayib Erdo'g'an, Turkiyaning eshiklarini ko'chmanchilarga yopmasligini bildirdi.

Rasmiy uchrashuvlar doirasida Horvatiyada bo'lgan Erdo'g'an, Zagrebdagi Prezidentlik Saroyida Horvatiya Prezdenti Kolinde Grabar Kitarovich bilan o'tkazgan o'zari va hayatlararo uchrashuvlardan keyin mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Ko'chmanchilar masalasiga to'xtalib o'tgan Erdo'g'an; "Turkiyaga kelganlarga eshiklarimizni yopmadik, bundan keyin ham yopmaymiz, G'arbning bu mavzuga doir ijobiy kirishuvda bo'lishini insoniy va vijdoniy bir vazifa bo'lganini tushunaman" dedi.

Erdo'g'an, "Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan tuzilgan ko'chmanchilar mavzusiga doir kelishuvning hamkorlik, asosan, Turkiyaga bu jihatdan yordam berishi kerakligini ochiqcha ifoda etaman" deb bildirdi.

Bosniya va Gersegovina bilan aloqali esa Erdog'an, Turkiya va Horvatiyaning kelajagi mavzusida mas'uliyatni bahamlashganini ifoda etdi.

Ikki o'lka o'rtasida jinoyatlar bilan aloqali shartnoma va Turkiya Radyo Televideniya Tashkiloti (TRT) va Horvatiya Davlat Kanali o'rtasida hamkorlik kelishuvi tuzildi.

 

 



Aloqador xabarlar