Bugun Turkiyaning Bursa shahrida kuchli portlash sodir bo'ldi

Bursa hokimiyati ma'lum qilishicha, bir terrorist ayol yonidagi bombani portlatib yuborgan.

479718
Bugun Turkiyaning Bursa shahrida kuchli portlash sodir bo'ldi

Bugun oqshom soatlarda Turkiyaning Bursa shahrida kuchli portlash sodir bo'ldi.

Bursa hokimiyati ma'lum qilishicha, bir terrorist ayol yonidagi bombani portlatib yuborgan.

Turkiya vaqti bilan soat 17:25 atrofida sodir bo'lgan voqeada kamida 13 kishi tan jarohati olgan.

Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Mehmet Muezzinog'lu ma'lum qilishicha, yaradorlarning ahvoli og'ir emas.

Portlashdan so'ng, voqea joyiga tez yordam mashinasi yetib keldi va hududda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bursa , #shahar , #bomba , #terrorist , #portlash

Aloqador xabarlar