Yevropa qochqinlarga yordam ko'rsatish bo'yicha Turkiyadan ortda qolganini tan oldi

Shvetsiyalik deputat Doris Fiala: “Turkiyachalik bo'la olmadık. Turkiyada qochqinlar uchun juda katta ishlar amalga oshirildi. Turkiyani bu yerda tanqid qilganlar o'z davlatlarida buni amalga oshira olmadilar",-dedi.

475197
Yevropa qochqinlarga yordam ko'rsatish bo'yicha Turkiyadan ortda qolganini tan oldi

Yevropa qochqinlarga yordam ko'rsatish bo'yicha Turkiyadan ortda qolganini tan oldi.

Yevropa Kengashi deputatlar majlisi qochqinlar masalasi bo'yicha Turkiya va Yevropa Ittifoqi o'rtasida tuzilgan shartnomani muhokama qildi.

Qochqinlar masalasi bilan shug'ullangan komissiyaning 3 ta hisoboti Yevropa kengashi deputatlar majlisi umumiy kengashida qabul qilindi.

Hisobotchi va nemis deputat Anette Grothning aytishicha, Turkiya, Iordaniya va Livan davlatlari qochqinlarga o'z eshigini ochdi.

Anette Groth: “Bu davlatlarning ko'rsatgan fidokorligi Yevropani uyaltirmoqda. Yevropa qochqinlar masalasi bo'yicha ahloqiy jihatdan yomon o'rnak bo'ldi",-dedi.

“Turkiya-Yevropa Ittifoqi o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida qochqinlarning vaziyati" nomli hisobot tayyorlagan gollandiyalik hisobotchi Tineke Strik 22000 o'ringa va'da berilishiga qaramasdan, faqatgina 4000 qochqin Yevropaga joylashtirilganiga e'tibor qaratdi.

Tineke Strik: “Qochqinlarni joylashtirish siyosatida yetarlicha maslahatlashilmayotir va berilgan va'dalar bajarilmayotir",-dedi.

Avstraliyalik deputat Stefan Schennach esa, Yevropa davlatlari qochqinlarni sig'dirmaganini tilga oldi.

Stefan Schennach: “Qochqinlar masalasi Yevropaning cho'kishi demakdir. Suriyadan ko'chishga majbur bo'lganlarning xatto 10%i ham kelmadi. Bunga qaramasdan Yevropa davlatlari ozchilik qochqinlarni ham boqa olmayotir",-dedi.

Shvetsiyalik deputat Doris Fiala: “Turkiyachalik bo'la olmadık. Turkiyada qochqinlar uchun juda katta ishlar amalga oshirildi. Turkiyani bu yerda tanqid qilganlar o'z davlatlarida buni amalga oshira olmadilar",-deya Yevropa Ittifoqi davlatlarini tanqid qildi.

Turkiya qochqinlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berganini tilga olgan Fiala: “Bunga hurmat ko'rsatishimiz zarur. Buyuk Yevropada yukni baham ko'rish uchun zarracha harakat yo'q",-dedi.



Aloqador xabarlar