Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an dunyo bolalarini qabul qildi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, bolalar bo'lmagan bir dunyo qanchalik quruq , qanchalik jonsiz va qanchalik ma'nosiz bo'lishini hatto xayol qila olmaganini ifoda etib, “ Siz bolalar hisob-kitob qilmasdan, yolg'onsiz sevgining nomi sizlar." Dedi.

475142

Turkiya Teleradio kompaniyasi ( TRT) tashkiloti uyushtirgan 38- bolalar bayramiga ishtirok etish uchun Turkiyaga kelgan o'nlab o'lkadan bolalarni Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an tomonidan Prezidentlik Kulliyasida qabul qildi.

Prezident Erdo'g'an, bolalarga so'zlagan nutqida, dunyoda bolalarga armug'on qilingan yagona bayram bo'lgan 23- aprel tantanasi farqli o'lkalardan tashrif buyurgan bolalar bilan birga bo'lishdan juda ham mamnun ekanini ma'lum qildi.

“ Bolalar bo'lmagan bir dunyo qanchalik quruq, jonsiz va ma'nosiz bo'lishini hatto xayol qila olmayman.

Siz bolalar hisob- kitob, riyosiz, yolg'on bo'lmagan sevgining nomi sizlar" degan Erdo'g'an, eng saf , eng toza sevgi bolalarning ko'zlarida, yuzlarida va kichik qo'llarida mavjud deb ta'kidladi.

23- aprel Turk tarixiy jihatidan ahamiyati ustida to'xtagan Erdo'g'an, 1920- yili 23- aprel kuni Anqarada yig'ilgan Turkiya oliy millat majlisi istiqlol urushini yuritgan va g'alaba bilan yakunlanganini aytdi.

Shunday qilib muhim bir tarixiy bayram sifatida dunyo bo'ylab bolalarga armug'on qilindi deb izoh etgan Prezident Erdo'g'an, Xuddi bir bolaning hikoyasi kabi dunyoga kelishi va o'sganiga guvohlik qilgan Respublikamiz bu yil 93 yoshga to'ldi deb ma'lum qildi.

Aloqador xabarlar