NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Turkiyaga tashrif buyurdi

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg tashrifi chog'ida, Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'lu bilan uchrashdi.

475059
NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Turkiyaga tashrif buyurdi

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg joriy yilning 8-9 iyul kunlari Varshavada o'tkaziladigan NATO Sammitiga tayyorgarlik maqsadida kecha Turkiyaga tashrif buyurdi.

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg tashrifi chog'ida, Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'lu bilan uchrashdi.

Bo'lib o'tgan uchrashuvda Varshavadagi sammitga tayyorgarlik va Turkiyaning janubi sharqiy territoriyalaridagi harbiy operatsiyalar hamda chegara xavfsizligi kabi dolzarb xususlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, global tahdidga aylangan terror tashkiloti DAIShga qarshi kurash va Suriya bilan Iroqdagi o'zgarishlar ko'zdan kechirildi.

NATOning Egey dengizidagi inson kontrabandasini oldini olishga doir faoliyatlar ham muhokama qilindi.

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg bugun Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an tomonidan qabul qilinadi.

Qabul chog'ida Varshavadagi sammitga tayyorgarlik faaoliyatlari va NATOning Turkiyaga chegara xavfsizligi bo'yicha kafolat berishi kabi xususlar muhokama qilinadi.

Qolaversa, Stoltenberg bilan Erdog'an Suriya, Iroq va DAISh terror tashkiloti, Yaqin sharq va Shimoliy Afrika bilan bog'liq masalalar hamda NATOning Egey dengizidagi faoliyatlari haqida fikr almashadi.



Aloqador xabarlar