Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, terrorizmni mag'lub etishning yagona kalidi birdamlik ekanini aytd

Prezident Erdo'g'an, Istanbulda o'tkazilayotgan 13- Islom hamkorlik tashkiloti sammitining ahamiyatini anglatgan bir maqola yozdi.

471019
Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, terrorizmni mag'lub etishning yagona kalidi birdamlik ekanini aytd

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, terrorizmni mag'lub etishning yagona kalidi birdamlik ekanini aytdi.

Prezident Erdo'g'an, Istanbulda o'tkazilayotgan 13- Islom hamkorlik tashkiloti sammitining ahamiyatini anglatgan bir maqola yozdi.

Qatarga qarashli Al Jazira bilan Amerikan CNNning internet saytlarida tarqatilgan maqolada, Erdo'g'an, insonlarning siyosiy nazariyalari, milliyati, ishonchi va madaniy qadriyati nima bo'lishiga qat'inazar, tinchlik va adolat orzusida birlashganlarini yozdi.

Prezidet Erdo'g'an, Islom olamidagi vaziyatga diqqat qaratib, adolat va tinchlik uchun Istanbul sammiti doirasida va terrorizmga qarshi global kurash maqsadi bilan yig'ilganlarini ma'lum qildi.

Asrlardir birgalikda yashagan farqli mazhab mansublari, etnik va dini guruhlarni bir- biriga dushman qilgan siyosatchilarning eng katta g'olibiyati terror tashkilotlari bilan Islomga qarshi dushmanliklari ekanini ma'lum qilgan Erdo'g'an, mazhab va ijtimoiy tarangliklarga reaksiya sifatida yangi yo'llarga kirib ketgan doiralar, ayniqsa yoshlar, DEASH va Al Qoida kabi terror tashkilotining yomon ravishda foydalanishiga ochiq holga kelganini bildirdi.

“ Islom o'lkalari bu vaziyatga e'tiborsiz qilmasliklari lozim" dedi.

Erdo'g'an, terrorizm endi faqatgina ba'zi o'lkalarga va hududlarga qarata bir tahdid emas,

Ayniqsa Yevropadagi Musulmon jamiyatga ziyon yetkazgan global bir muammoga holiga aylangan deb bildirdi.

Prezident, ayniqsa g'arblik jamiyatlarda irqchilik, kamsitish, chet el dushmanligi va Islomofobi oqimlar borgan sari yana ham ko'p tarafdor topishi, barcha Musulmonlarni ranjida va qayg'uga soldi deb ta'kidladi.

Turkiya, 30 yildir bo'lingchi terror tashkiloti bilan kurashgan, 40 ming yurtdoshini terror hujumlarida qurbon bergan bir o'lka sifatida terrorning maqsadini, g'oyasini va sabab bo'lgan vayronkorlikni juda ham yaxshi bilgan Prezident Erdo'g'an,

“ xalqaro jamoatchilikning bu mavzuda mushtarak harakat qilishi uchun sa'y- harakat qilmoqdamiz dedi.

Faqat xafa bo'lib shuni aytish kerak, barcha insoniyatning dushmani bo'lgan terror tashkilotlari qarshisida kerakli sezgirlik va qarshilik buguncha ko'rsatilmadi.

Terror tashkilotlarini mag'lub etishning yagona yo'li, Musulmonlar birinchi o'rinda bo'lib,

Xalqaro jamoatchilikning hamkorligini va birdamligini yana kuchaytirish bilan mumkin dedi.

Islom hamkorlik tashkiloti a'zosi o'lkalar bu mavzuda yetakchi faoliyat qilishlariga ishonchim komil deb" ma'lum qildi.

Turkiya, Suriya va Iroqdagi to'qnashuvlardan qochib kelgan muhojirlarga eshiklarini ochib,

ularni terror tashkilotlari va davlat terrori tatbiq etayotgan rejimlarning insofiga tark etmasdan 3 milliondan ziyod muhojirni mehmon qilib turganlarini eslatgan Erdo'g'an,

“ To'qnashuvlar bitgandan keyin o'lkalariga tinchlik kelishigacha mazkur birodarlarimizni mehmon va himoya qilishga davom etamiz" dedi.



Aloqador xabarlar