Prezident Erdog'an ishtirokchilar uchun Savaronada ziyofat berdi

Islom hamkorlik tashkilotining 13-sammiti bugun Istanbulda boshladi.

470697
Prezident Erdog'an ishtirokchilar uchun Savaronada ziyofat berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Islom hamkorlik tashkilotining 13-sammitida ishtirok etgan davlat va hukumat rahbarlari hurmatiga Savarona yaxtasida oqshom ziyofati berdi.

Ziyofatga Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Emin Medeni bilan 10 nafar Davlat va hukumat rahbari ishtirok etdilar.

Ziyofatda o'z mehmonlariga Istanbulning go'zalligi va bo'g'ozda qurilishi davom etayotgan uchunchi ko'prikning ahamiyati haqida gapirgan Prezident o'z so'zini quyidagicha davom etti:

“Ko'rib turganingizdek o'ng tomonimda Osiyo, chap tomonidamda esa Yevropa. O'ylaymanki dunyoda bundan yana-da go'zalroq manzara yo'qdir. Har ikki qit'ani ham bir-biriga bog'lagan ikkita ko'prikni ortda qoldirib bugungi kunda biz bu osma ko'priklarning uchunchisini barpo etmoqdamiz. Hudo xohlasa uchunchi ko'prikni 26-avgust kuni xalq xizmatiga ochmoqchimiz. Shu yo'l orqali Osiyo va Yevropani ko'prik orqali uchunchi marotaba bir-biriga bog'lagan bo'lamiz. Shuni ham aytib o'tishimiz darkorki, bu uchunchi ko'prik avvalgi ko'priklardan farqlanib turadi. 4 borish, 4 kelish yo'li mavjud. O'rtasi esa tez yurar poyezdga ataldi".

Marmaray temir yo'li liniyasi orqali ham ikki qirg'oqning birlashtirilganligini aytgan Erdog'an, bu yerdan foydalanganlar sonining 130 millionga yetganligini ham bildirdi.

Prezident Erdog'an, kecha kun boyi Mabeyn ko'shkida, sammitga tashrif buyurgan liderlar bilan o'zaro uchrashuvlar o'tkazdi.

Shu doirada Prezident Erdog'an, Qozog'iston Prezidenti Nursultan Nazarbayev bilan ham uchrashar ekan uchrashuv ortidan esa qo'shimcha deklaratsiyaga qo'l qo'yildi.

Qo'shimcha deklaratsiyada iqtisodiy muammolar, madaniyatlararo zidliklar, terrorizm tahdidining avj olishi kabi mavzularda ham ikki davlatning, ham islom davlatlarining birgalikda kurash olib borishining ahamiyati ta'kidlandi.



Aloqador xabarlar