Prezident Erdog’an, Jan Bohmermanni sudga berdi

Jurnalist Jan Bohmermann, ZDF telekanali dasturida go’yoki she’r o’qiyotgandek qilib Prezident Rajap Tayyip Erdog’anga haqorat qilgan edi.

469344
Prezident Erdog’an, Jan Bohmermanni sudga berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Germaniyaning ZDF telekanali orqali namoyish etilgan va Prezident Erdog'anga qaratilgan haqorat mazmunidagi dasturi uchun germaniyalik askiyachi va boshlovchi Jan Bohmermanni sudga berdi.

Mainz prokuraturasi tomonidan yozma ravishda berilgan izohga ko'ra, Prezident Erdog'an Jan Bohmermanni, Germaniya Jazo qonunining 185-moddasiga muvofiq “haqorat qilishda ayblagan holda" sudga bergan.

Izohda, bir huquq byurosi tomonidan berilgan arizaning mavzusi 31-mart kuni germaniyalik askiyachi va boshlovchi Jan Bohmermann tomonidan, "Neo Magazin Royale" deb nomlangan dasturda o'qilgan "Schmähkritik" (xorlovchi tanqid) deb nomlangan she'r ekanligi aytildi.

Turkiya avval ham Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga mavzu haqida topshiriq berib, Jan Bohmermann haqida Germaniya Jazo qonunining 103 va 185 moddasiga muvofiq tergov boshlatilishini talab qilgan edi.

Germaniyaning Hukumat voizi Steffen Seibert, bu mavzuda bir necha kun ichida qaror qabul qilajaklarini ifodalar ekan, Germaniya kantsleri Angela Merkel ham buning, “qasddan haqorat" ekanligini ifodalagan edi.

Mainz prokuraturasi o'tgan hafta ham Bohmermann haqida, “chet ellik davlat arboblarini yoki davlat organlarini haqorat qilishda" ayblagan holda sud jarayonini boshlatgan edi.



Aloqador xabarlar