Eron Aloqa va ma'lumot texnologiyalari vaziri Mahmud Vaizi Ankarada...

Eron Aloqa va ma'lumot texnologiyalari vaziri Mahmud Vaizi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu tomonidan qabul qilindi.

466959
Eron Aloqa va ma'lumot texnologiyalari vaziri Mahmud Vaizi Ankarada...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu poytaxt Ankaraga tashrif buyurgan Eron Aloqa va ma'lumot texnologiyalari vaziri Mahmud Vaizini qabul qildi.

Tashqi ishlar vazirligi manbalari ma'lum qilishicha, ikki davlat vazirlari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv unumli o'tgan va aloqalarni yana ham yuqori darajaga olib chiqish umidi tilga olingan.

Qolaversa, Eron bilan Turkiya o'rtasidagi tijorat hajmini 30 mlrd dollarga chiqarish maqsadiga erishish yo'lida katta ishlar amalga oshirilgani ma'lum qilindi.

Bu ma'noda ikki davlat munosabatlarini har sohada rivojlantirish zaruriyatiga to'xtalib o'tildi.

Eron Aloqa va ma'lumot texnologiyalari vaziri Mahmud Vaizi Ankarada bo'lib o'tadigan Turkiya-Eron qo'shma iqtisodiy komissiyasi yig'ilishiga qatnashadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron , #Ankara , #tashrif , #ziyorat , #Turkiya-Eron

Aloqador xabarlar