Turkiyaga noqonuniy yo'llar bilan kelgan xorijliklar qo'lga tushdi

Turkiyaning Shanliurfa viloyati Jeylanpinar tumanida qo'lga tushgan xorijliklarning aksariyati Suriya fuqarosi...

463669
Turkiyaga noqonuniy yo'llar bilan kelgan xorijliklar qo'lga tushdi

Turkiyaning Shanliurfa viloyati Jeylanpinar tumanida noqonuniy yo'llar bilan mamlakatga kirgan 37 shaxs qo'lga tushirildi.

Turkiyaga noqonuniy yo'llar bilan kirgan shaxslarni qo'lga olish uchun Jeylanpinar tumanida operatsiya o'tkazildi.

Operatsiyada 37 xorijlik qo'lga tushirildi. Bularning aksariyati Suriya fuqarosi bo'lib, ichida ayollar va yosh bolalarning ham borligi aytilmoqda.

Terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYD nazoratidagi Rasulayn hududidan kelgani aniqlangan 37 shaxs Tuman Jandarm boshqarmasida so'roqqa tutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #noqonuniy , #terror , #xorijlik , #operatsiya

Aloqador xabarlar