Mevlut Chavusho’g’li AQShda, kasbdoshi John Kerry bilan uchrashdi

Uchrashuvda terrorga qarshi kurash va muhojirlar masalasi muhokama qilindi.

460598
Mevlut Chavusho’g’li AQShda, kasbdoshi John Kerry bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li nafaqat Turkiyani, bugungi kunda balki butun dunyoni qamrab olgan terror voqealarining yo'q qilinishi kerakligini aytdi.

Rasmiy ziyorat bilan AQSh poytaxti Vashingtonga borgan Tashqi ishlar vaziri Janob Chavusho'g'li, ziyorati doirasida AQSh Tashqi ishlar vaziri John Kerry bilan uchrashuv o'tkazdi.

Chavusho'g'li uchrashuvdan oldin o'tkazilgan matbuot anjumani chog'ida teraktlarning faqatgna Istanbul, Anqara yoki Bryusselda emas ayni chog'da Pokistonda, Afrika va boshqa joylarda ham davom etayotganligini eslatib o'tdi.

Kerry bilan DEASh, al-Nusra va PKK terror tashkilotlariga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan mavzularni ham muhokama qilajagini aytgan Chavusho'g'li,

“Faqat Turkiya emas, Yevropa va dunyoning boshqa ko'plab davlatlarini ham qamrab olgan terakt voqealarini yengishga majburmiz" dedi.

Kipr masalasi bo'yicha bu yil kelishib olinajagini umid qilganliklarini, Kiprning grek tomonidagi saylovlar ortidan bu jarayonning tezlashtirilishi kutilganini ta'kidlagan Janob Chavusho'g'li, turk tomoni sifatida bunga tayyör ekanliklarini aytdi.

John Kerry ham DEASh, al-Nusra kabi terror tashkilotlari o'yinlarining tez kunlarda yo'q qilinishi va mintaqalar-u davlatlarda tinchlikning o'rnatilishi barchaga foyda berajagini ta'kidladi.

Turkiyaning terrorga qarshi kurashda AQSh bilan muhim hamkor va NATO ittifoqi ekanligini belgilab o'tgan Kerry, Turkiyaning Suriyadan va Suriyaga qo'shni davlatlardan qochib, yana-da yaxshirot hayot sharoitini umid qilgan 2.7 million muhojirga mezbonlik qilganligiga e'tibor qaratdi.

Muhojirlar uchun Turkiyaning moliyaviy jihatdan katta mablag' ajratganligini ham ta'kidlagan Kerry, buning uchun AQShning ham 20 million dollarlik qo'shimcha mablag'a ajratmoqchi ekanligini bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li, Kerrydan so'ng Oq uyning milliy xavfsizlikmasalalari bo'yicha maslahatchisi Suzan Rice bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv ortidan Oq uydan tarqatilgan ma'lumotga ko'ra Rice bilan Chavusho'g'lining, ikki davlat o'rtasidagi xavfsizlik va terrorga qarshi kurash masalalarini qo'lga olganliklari ma'lum bo'ldi.



Aloqador xabarlar