Bosh vazir Davuto’g’li kecha, bir kunligiga Iordaniyaga borib qaytdi

Bosh vazir Davuto'g'li, Iordaniya ziyorati chog'ida qirol II Abdulloh, Bosh vazir Abdulloh al-Nusur va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki Moon bilan uchrashuv o'tkazdi.

459656
Bosh vazir Davuto’g’li kecha, bir kunligiga Iordaniyaga borib qaytdi

Bosh vazir Davuto'g'li, Iordaniya ziyorati chog'ida qirol II Abdulloh va Bosh vazir Abdulloh al-Nusur bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda Falastindagi oxirgi vaziyat va terrorizm mavzulari kun tartibiga olib chiqildi.

Bosh vazir Davuto'g'li, falastinliklar huquqining himoya qilinishi uchun qo'lidan kelganicha xizmat qilajaklarini aytdi.

Mintaqadagi vaziyatni ham baholagan Bosh vazir, terror faoliyatlariga e'tibor qaratdi.

Turkiya bilan Iordaniyaning DEASh terroriga qarshi kurashda birgalikda qadam tashlaganliklarklarini ta'kidlagan Davuto'g'li, ikki davlatning yani Iroq va Suriyaning tuproq butunlugining himoya qilinishi va mintaqada tinchlik o'rnatilishini xohlaganliklarini aytdi.

Ziyorat doirasida Iordaniya bilan hamkorlik qilish uchun shaxdam qadamlar tashlandi.

Iqtisodiyot sohasi bosh bo'lish bilan birga 10 shartnomaga qo'l qoyildi.

Iordaniya bilan hamkorlik imkonlari muhokama qilingan uchrashuvda Bosh vazir Davuto'g'li, 2009-yili ikki davlat o'rtasida qo'l qo'yilgan, Erkin savdo shartnomasining ahamiyatiga to'xtaldi.

Davuto'g'li, ikki davlat o'rtasidagi savdo hajmining ana shu shartnoma tufayli ikki barobarga ortganligini va buning bugungi kunga kelib 1 milliard dollarga yetganligini belgilab o'tdi.

Davuto'g'lining Iordaniya ziyorati doirasida iqtisodiyot bo'yicha yana bitta muhim yig'ilish bo'lib o'tdi.

Turk va iordaniyalik ishbilarmonlar yig'ilgan biznes forumida Bosh vazir Davuto'g'li, kasbdoshi Nusul bilan birgalikda ishtirok etdi.

Ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy to'siqlarni batamom olib tashlashni ta'kidlagan Davuto'g'li ishbilarmonlardan, ikki davlat o'rtasidagi savdo hajmining 5 milliard dolarga chiqarishni maqsad qilib olishlarini talab qildi.

Davuto'g'li Iordaniyada, Turkiya hamkorlik va koordinatsiya agentligining poytaxt Ammandagi ofisining ochilish marosimida ham ishtirok etdi.

Bosh vazir shuningdek Iordaniyada, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki-Moon bilan ham uchrashdi.

Qariyb 30 daqiqa davom etgan uchrashuvda Turkiyada o'tkaziladigan "Butunjahon gumanitar sammiti"ning tayyorgarliklari qo'lga olindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Bosh vazir Davuto'g'liga, Turkiyada ro'y bergan terror tufayli hamdardlik bildirdi.

Davuto'g'li Iordaniya ziyoratini 13-mart kuni Anqarada yuz bergan va 38 kishining umriga zomin bo'lgan hujum tufayli keyingiga qoldirgan edi.



Aloqador xabarlar