Antaliyada 4.2 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Turkiya Respublikasi Bosh vazirlik qoshidagi Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'yicha Boshqaruv organi bu haqida batafsil ma'lumot tarqatdi.

457143
Antaliyada 4.2 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Antaliyaning Kash tumanida, dengizdan uzoq bir nuqtada 4.2 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.

Ushbu yer silkinishi Turkiya Respublikasi Bosh vazirlik qoshidagi Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'yicha Boshqaruv organi Yer silkinishi bo'limi ma'lumotlariga ko'ra soat 03:22 da yuz bergan.

Antaliyaning Kash tumaniga 22.42 kilometr uzoqlikda, 18.85 kilometr teranglikda kuzatilgan yer silkinishi hech kimning umriga zomin bo'lgani yo'q. Shuningdek hech kimning mol-mulkiga ham ziyon yetmadi.


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #yer silkinishi , #magnituda

Aloqador xabarlar