Erdog’an, “Turkiya aslo terrorga taslim bo’lmaydi” dedi.

Janob Erdog'an Istanbulda joylashgan Xalich nomidagi Kongress markazida o'tkazilgan bir tadbirda nutq so'zlar ekan, yana bir bor Belgiyani tanqid qildi.

455109
Erdog’an, “Turkiya aslo terrorga taslim bo’lmaydi” dedi.

Erdog'an, “Davlat va millat sifatida maqsadlarimizdan aslo voz kechmaymiz. Xalqimizning birligi, butunligi va davlatimizning kelajagi uchun Turkiya olaroq bir yoqadan bosh, bir yengdan qo'l chiqarib terror tashkilotlariy-u, ularni qo'llab-quvvatlagan kuchlarni Hudo xohlasa bir kunmas bir kun mag'lub qilamiz" deya gapirdi.

Istanbulda joylashgan Xalich nomidagi Kongress markazida o'tkazilgan bir tadbirda nutq so'zlagan Janob Erdog'an, terroristlarning maqsadining xalqni qo'rqitish ekanligini yaxshi bilganligini faqat bu kabi hujumlar orqali ularning ko'zlagan maqsadlariga erisholmasliklarini ifodaladi.

Erdog'an, PKK terror tashkilotiga poytaxt Bryusselda quchoq ochgan Belgiyani yana bir bor tanqid qildi va bu doirada, “Parijda hujum yuz berganida bunga qarshilik ko'rsatib, Anqara bilan Istanbulda yuz berganida esa o'z poytaxtida terroristlarning chodir qurishlariga ruhsat berishlik, do'stlikning alomati emasdir" dedi.

Yevropa ittifoqi bu terror tashkilotlariga qarshilik ko'rsatishiga qaramay bunday voqealarni amalga oshirilishiga yo'l qo'ygan Belgiya rahbariyatiga norozichilik ko'rsatgan Prezident,

“Bunday murakkab kunlarda bizni yolg'iz qo'ymagan do'stlarimizni hech qachon unutmaymiz. Bizga qaratilgan qurollarni qo'llab-quvvatlaganlarni ham" degan ifodalarga o'rin berdi.

Shu bilan birga Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Turkiyaning Istanbul shahrida o'rin olgan mashhur Istiqlol ko'chasida ro'y bergan terror hujumi oqibatida jon bergan Isroil va Eron fuqarolari uchun Isroil Prezidenti Reuven Rivlen bilan Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyga ta'ziya maktubi yo'lladi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #Belgiya , #terrorist

Aloqador xabarlar