Turkiya, bugungi kunning eng muhim sammitiga mezbonlik qiladi

Tarixda birinchi marotaba "Butunjahon gumanitar sammiti" uyushtirilmoqda va bu tarixiy sammitga mezbonlik qilish vazifasi esa Turkiyaga topshirildi.

452246
Turkiya, bugungi kunning eng muhim sammitiga mezbonlik qiladi

Butunjahon gumanitar yordam sistemasi, bugungi kunda insoniy inqirozlarga samarali javob bermaydigan vaziyatda. Kun o'tgan sayin inqirozning soni va murakkabligi, cheklangan manbalar bilan ehtiyojlar o'rtasida odam bolasini tashvishga tushirmoqda.

Bugungi kunda insoniy inqirozlarning 80 foizi qurolli to'qnashuvlar oqibatida paydo bo'lmoqda. Shu bilan birga bu vaziyat to'xtamay, takrorlanmoqda. Eng achinarli tomoni shundaki epidemiyalar bilan muhojirlar oqimlarida bo'lganidek inqirozlar ham, yurt chegaralarini oshib bormoqda.

Mana shunday murakkab chog'da tarixda, birinchi marotaba, "Butunjahon gumanitar sammiti o'tkaziladi va bu tarixiy sammitga mezbonlik qilish vazifasi esa Turkiyaga topshirildi. Shunday ekan bu sammit 2016-yilning 23-24-mayi kunlari, Istanbulda bo'lib o'tadi.

Sammit haqidagi batafsil ma´lumotni quyidagi web-sahifalaridan olishingiz mumkin:

http://dizturkiye.org/tr

http://dizturkiye.org/




Aloqador xabarlar