Turkiya bilan Yevropa ittifoqi hozircha, aniq kelishib olgani yo'q

Kecha Bryusselda bo’lib o’tgan Yevropa ittifoqi-Turkiya sammitida Turkiya bilan Yevropa ittifoqi aniq kelishib olgani yo’q lekin Yevropa ittifoqi liderlari Turkiya taklifiga iliq qaradi.

446692
Turkiya bilan Yevropa ittifoqi hozircha, aniq kelishib olgani yo'q

Turkiya-Yevropa ittifoqi sammitida hozircha, qochqinlar muammosini hal qilish uchun Turkiyaning takliflarini o'z ichiga olgan matn ustida kelishib olindi.

Bosh vazir Ahmet Davuto'g'lining, "Turk fuqarolarining Yevropa davlatlariga vizasiz kirish qonuni iyun oyiga olinsin, Turkiyaga Yevropa ittifoqi tomonidan beriladigan 3 milliard yevroga yana 3 milliard yevro ilova etilsin, Turkiyaning Yevropa ittifoqidan qabul qilajagi har bir qochqin uchun Yevropa ittifoqi ham Turkiyadan ana shuncha muhojir qabul qilsin" degan taklifi hozircha qabul qilindi.

Sammit ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida liderlar, nomi tilga olingan matn haqida ma'lumot berdilar.

Hozircha kelishib olingan matnga ko'ra; Gretsiyadagi barcha suriyalik muhojirlar Turkiyaga yuboriladi.

Turkiya esa Gretsiyadan nechta qochqin qabul qilib olsa, Yevropa ittifoqiga ham ana shuncha muhojir yuboradi.

Mana shu yo'l orqali noqonuniy immigratsiya bilan odam savdosining oldi olingan bo'ladi.

Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ushbu kelishuvni, “Noqonuniy yo'llar orqali Yevropaga kirish vaqti tugadi. G'arbga, Bolqonlar orqali o'tish yo'llari bundan keyin yopiq" deya sharhladi.

Yevrokomissiya rahbari Jean Claude Juncker esa, uchrashuvlar oqibatida sal bo'lsa ham oldinga siljish borligini takrorladi.

Kelishib olingan keyingi modda esa muhojirlar uchun sarflanadigan moddiy yordam mavzusi edi.

Turkiya tomonidan suriyaliklarga 10 milliard dollardan ortiq pul sarflanganligini belgilab o'tgan Bosh vazir Ahmet Davuto'g'li;

“Biz hech kimdan pul so'rayotganimiz yo'q. Faqatgina odilona ravishda muammoni birgalikda hal qilishni talab qildik" dedi.

Bu doirada Yevropa ittifoqi, boshlanish sifatida Turkiyaga 3 milliard yevro yordam puli yuboradi.

Suriyalik muhojirlar uchun Yevropa ittifoqining Turkiyaga yordam berajagini tasdiqlagan Junker, bu yordamning 2018-yilgacha ortgan holda davom etishini qo'shimchaladi.

Bosh vazir Davuto'g'li, viza haqidagi taklifining esa eng kech iyun oyining oxirida qabul qilinib, kuchga kirajagini aytdi.

Viza qulayligi ustida ish olib borayotganliklarini belgilab o'tgan Junker, bu faoliyatlarning avvalgi, ustida kelishib olingan standartlarga muvofiq yuritilajagini va Shengen yo'l xaritasiga barchaning sodiq qolishini xohlaganligini aytdi.

Turkiya tomonidan taklif qilingan moddalarni xursandchilik bilan qabul qilganliklarini aytgan Germaniya kantsleri Angela Merkel ham;

“Kelgusi hafta o'tkaziladigan Yevropa ittifoqi sammitiga qadar bizning vaqtga ehtiyojimiz bor. Bir necha Yevropa ittifoqi davlati parlamenti bilan maslahatlashishimiz darkor" dedi.

Merkel, taklifning eng asosiy nuqtalarini qo'llab-quvvatlaganligini aytdi.

Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarning anglashuv memorandumini o'z majlislarida muhokama qilishlari ortidan 18-mart kuni yangi Turkiya-Yevropa ittifoqi sammitida rasmiy hujjatning chop etilishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar