Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li Tehronda

Janob Davuto'g'lining ushbu ziyorati chog'ida, Suriyadagi oxirgi vaziyatning batafsil ravishda qo’lga olinishi ko’zda tutilmoqda.

444886
Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li Tehronda

Bosh vazir Ahmet Davuto'g'lining Tehron ziyoratida Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy va Prezidentning Birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy bilan uchrashuv o'tkazishi kutilmoqda.

Uchrashuv chog'ida o'zaro munosabatlardan tashqari, elektr energiyasi sohasidagi hamkorlik va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning avvaldan rejalangan Turkiya ziyorati baholanadi.

Bryusselda o'tkaziladigan “Suriya va migratsiya" deb nomlangan sammitdan oldin amalga oshirilgan ziyoratda, Suriyadagi oxirgi vaziyatning batafsil ravishda qo'lga olinishi ko'zda tutilmoqda.

Ziyorat, oxirgi vaqtlarda Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi taranglik e'tiborga olinganida vaqt jihatidan ham tanqidiy ahamiyatga egadir.


Tanlangan kalimalar: #Ahmet Davuto'g'li , #Tehron , #rasmiy ziyorat

Aloqador xabarlar