Ahmet Davutog'lu va Donald Tusk Chankaya Ko'shakida

Ahmet Davutog'lu va Donald Tusk Chankaya Ko'shakida uchrashuv o'tkazdi.

444305
Ahmet Davutog'lu va Donald Tusk Chankaya Ko'shakida

Koch tarangligiga bir yechim topish maqsadi bilan Bolqonlarda ziyoratlar o'tkazgan Yevropa Ittifoqi Kengashi Rahbari Donald Tusk kecha Turkiyaga tashrif buyurdi.

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu, Tusk bilan Chankaya Ko'shkida uchrashdi.

Uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida so'zlagan Bosh Vazir Davutog'lu, Suriyadagi o'zgarishlar va ko'chmanchi maslasini mushtarak muammo isfatida ko'rganliklarini izohladi.

Bu masalaning Turkiya va Yevropa Ittifoqi oldida turgan mushtarak bir masala bo'lganiga hamfikir ekanliklarini ifoda etgan Bosh Vazir; "Bu yuk Turkiya bilan Yevropa Ittifoqiga tushgan. Turkiyada 2 million 700 ming Suriyali mavjud. Turkiya, Suriyadagi mazlumlarga yordam berish mavzusida juda nozuk. Dunyo zamonaviy davrda ko'rinmagan ko'ch oqimiga uchragan bo'lsa ham hech kim och va suvsiz qolmagan" deb so'zladi.

Turkiyaning, Yevropa Ittifoqi bilan imzolagan mushtarak faoliyat rejasiga rioya qilganini ham ifoda etgan Bosh Vazir, ko'chmanchi masalasiga yechim topish uchun Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikka tayyor bo'lganliklarini bildirdi.

Donald Tusk esa, Davutog'u bilan Suriya mavzusida mushtarak g'ayratlarni muhokama qilganliklarini bildirdi.

Tursk, "Uchrashuv ijobiy bo'lib o'tdi. Hamkorlikning bu nuqtaga kelishi uchun say-harakatlaringiz boiz minnatdormiz. Turkiya ko'chmanchilarga mehnat qilishi uchun rexsat berish mavzusida ham qadam tashladi. Turkiyada ko'chmanchilarga ajratilgan manbalarning kuchga kirishini ta'min etamiz" deb so'zladi.




Aloqador xabarlar