Bosh vazir Davuto’g’li, Angela Merkel bilan muzokara qildi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan telefon orqali muzokara qildi.

441545
Bosh vazir Davuto’g’li, Angela Merkel bilan muzokara qildi

Bosh vazirlik manbalaridan olingan ma'lumotga ko'ra muzokara Germaniya kantsleri Angela Merkel talabiga binoan amalga oshdi.

Suriyadagi vaziyat qo'lga olingan muzokarada Bosh vazir Davuto'g'li o'q uzushni to'xtatilishiga qaratilgan kelishuvning eng avvalo suriyalik tinch aholining xavfsizligi jihatidan katta ahamiyat kasb etganligini aytdi. Shuningdek Davuto'g'li, DEASh va PYD/YPG kabi terrorist guruhlarning fursatdan foydalanishiga ruxsat berilmasligi kerakligini qo'shimchaladi.

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda Turkiya-Germaniya va Turkiya-Yevropa ittifoqi hamkorligidagi mavjud vaziyat ham ko'rib chiqilgan muzokarada, ikki lider Turkiya, Germaniya va Yevropa ittifoqi rasmiylari olib borgan hamkorlikdan ko'ngli to'lganligini tilga oldi.

Ushbu hamkorlikning davom etishini xohlagan ikki lider Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotining Egey dengizidagi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga qo'shgan hissasi maqsadida amalga oshirishi ko'zda tutilgan faoliyatlarning ahamiyatini ham ta'kidladilar.

Ikki lider undan tashqari 7-mart kuni o'tkaziladigan Turkiya-Yevropa ittifoqi sammitining migratsiya kabi dolzarb masalalardan tashqari, Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlaridagi oxirgi vaziyatning ham qo'lga olinishi uchun muhim fursat yaratilajagini belgilab o'tdilar.



Aloqador xabarlar