Harbiy bosh shtab rahbariyati:"DAISh safiga qo'shilgan 259 terrorist qo'lga tushdi"

2016 yilning fevral oyida qo'lga tushirilgan terrorist soni 2015 yilning fevral oyida qo'lga tushirilgan terrorist soniga nisbatan 5.4 barobar ortish ko'rsatgan.

437138
Harbiy bosh shtab rahbariyati:"DAISh safiga qo'shilgan 259 terrorist qo'lga tushdi"

Mintaqa bo'ylab DAISh terror tashkilotiga qarshi kurash davom etmoqda.

Turkiya Harbiy bosh shtab rahbariyati ma'lum qilishicha, yilning dastlabki ikki oyi mobaynida DAISh safiga qo'shilgan 259 terrorist xavfsizlik kuchlari tomonidan qo'lga tushirilgan.

Shuningdek, 2015 yilda Jandarm mas'ul bo'lgan territoriyalarda olingan bir qator chora-tadbirlar natijasida, DAISh terror tashkilotiga xizmat qilgan 961 terrorist qo'lga tushirilgan.

2016 yilning fevral oyida qo'lga tushirilgan terrorist soni 2015 yilning fevral oyida qo'lga tushirilgan terrorist soniga nisbatan 5.4 barobar ortish ko'rsatgan.

Harbiy bosh shtab rahbariyati ma'lum qilishicha, Turkiyaning sharqidagi Kilis tumani Ebeyli hududidagi chegarada qattiq nazorat o'rnatilgan.

Chegara xavfsizlik sistemalari bo'yicha olingan bir qator chora-tadbirlar natijasida ohirgi paytlarda ko'plab terrorist qo'lga tushirilgan.



Aloqador xabarlar