BMT Bosh kotib o'rinbosari Jan Eliasson Turkiyaga tashrif buyurdi

Jan Eliasson:“Turkiyaning suriyalik qochqinlar uchun qilgan yaxshiliklarini butun dunyo biladi va taqdirlaydi"

436953
BMT Bosh kotib o'rinbosari Jan Eliasson Turkiyaga tashrif buyurdi

BMT Bosh kotib o'rinbosari Jan Eliasson Turkiyaga tashrif buyurdi.

Tashrifi chog'ida Turkiyaning Gaziantep viloyati Nizip tumanida joylashgan qochqinlar lagerini ko'zdan kechirdi.

Jan Eliasson Turkiyada suriyalik qochqinlarga nisbatan “Mehmon” deya mexr-shafqat ko'rsatilganini taqdirladi.

Hozirda Nizip tumanidagi qochqinlar lagerida 14700 atrofida suriyalik qochqin yashamoqda.

Avvalo, konteynerlarda yashayotgan qochqinlar haqida ma'lumot olgan Jan Eliasson, qochqin bolalarga xizmat bergan maktab, ijtimoiy muassasalar va salomatlik markazini ko'zdan kechirdi.

BMT Bosh kotib o'rinbosari suriyalik oilalarning chodirlarida mehmon bo'lib, ular bilan suhbatlashdi.

Turkiyada qochqinlarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko'rib, baxtiyor bo'lganini tilga olgan BMT Bosh kotib o'rinbosari, Turkiya hozirda dunyo bo'yicha eng ko'p qochqinni qabul qilgan davlatga aylanganini aytib o'tdi.

Jan Eliasson: “Turkiyaning suriyalik qochqinlar uchun qilgan yaxshiliklarini butun dunyo biladi va taqdirlaydi. Lekin, bu urushni to'xtatish kerak. Urushni harbiy yo'llar bilan to'xtatib bo'lmaydi. Chunki, aholi qirilib ketmoqda”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BMT , #Jan Eliasson , #qochqin , #Suriya , #urush

Aloqador xabarlar