Diyarbakirdagi operatsiyada ikki askar va bir politsiya xodimi halok bo'ldi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati Sur tumanida bo'lginchi terror tashkiloti PKKga qarshi operatsiya davom etmoqda.

435538
Diyarbakirdagi operatsiyada ikki askar va bir politsiya xodimi halok bo'ldi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati Sur tumanida davom etgan operatsiyalarda bo'lginchi terror tashkiloti PKKga a'zo terroristlar tomonidan sodir qilingan qurolli hujum oqibatida 2 askar va bir politsiya xodimi halok bo'ldi.

Turk Qurolli Kuchlari bugun chegara ortiga ya'ni, Suriyaning Halap viloyatiga qarashli Azez tumanidagi PYD va PKK terror tashkiloti makonlariga takror hujum qila boshladi.

Chegarada xizmat o'tagan askarlar Azezdagi terror makonlariga tanklar bilan hujumga o'tdi.

Turk askarlar Azezning janubi g'arbida joylashgan Minnig' aeroporti va Maranas qishlog'i bilan Tel Rifat qishlog'i o'rtasida joylashgan Ayndag'ne qishlog'ini ishg'ol qilgan PYD terror tashkiloti makonlarini nishonga oldi.

Eslatma:12 fevral kuni Azezning janubi g'arbidagi Maranas hududidan terror tashkiloti PYD va PKK terroristlari tomonidan Turkiya tomonga o'q uzilgan edi.

Turk Qurolli Kuchlari darhol qurol ishlatish huquqidan foydalanib, terroristlarga qarshi hujumga o'tgan edi.



Aloqador xabarlar