Mevlut Chavushog'lu:"DAIShga qarshi kurash nafaqat Turkiyaning, balki butun davlatlarning vazifasi"

Reuters xabar agentligiga bayonot bergan Chavushog'lu Suriyaga quruqlik orqali harbiy operatsiya uyushtirish masalasi Amerika boshchiligidagi koalitsiya bilan muhokama qilinmaganini ta'kidladi.

434212
Mevlut Chavushog'lu:"DAIShga qarshi kurash nafaqat Turkiyaning, balki butun davlatlarning vazifasi"
çavuşoğlu telefon ingiltere.jpg

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu Suriyaga quruqlik orqali harbiy operatsiya uyushtirish bo'yicha biron qaror olinmaganini ma'lum qildi.

Reuters xabar agentligiga bayonot bergan Chavushog'lu Suriyaga quruqlik orqali harbiy operatsiya uyushtirish masalasi Amerika boshchiligidagi koalitsiya bilan muhokama qilinmaganini ta'kidladi.

Faqatgina Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya quruqlikdan operatsiya uyushtirishi to'g'ri emasligini tilga olgan Chavushog'lu: “DAISh terror tashkiloti Turkiyaning tinchligiga xavf solmoqda. Nafaqat Turkiyaga balki, dunyodagi barcha davlatlarga tahdid solmoqda. Yuzdan ziyod mamlakatga ta'sir ko'rsatmoqda. Shu sababli, bunga qarshi kurash ketar ekan, faqatgina Saudiya Arabistoni, Turkiya yoki Qatarning jangga kirishi bo'lmagan gap. Bu muammo faqatgina uchala davlatning muammosi emas. Agar quruqlikdan jangga kiriladigan bo'lsa, barcha davlatlar bir yoqadan bosh chiqarishi zarur”,-dedi.

DAIShni siyosiy yechim topmasdan turib yo'q qilish amri mahol ekanini tilga olgan Turkiya tashqi ishlar vaziri, bombardimon davom etar ekan, Jeneva muzokaralaridan biron natija olish mumkin emasligini ifoda etdi.

Terror tashkiloti PYD masalasiga to'xtalgan Chavushog'lu: “Amerika Qo'shma Shtatlari bilan Turkiya PYD terror tashkilotining Suriyadagi ro'li xususida kelishmovchilikni bartaraf etib, qat'iy qarorga kelishi zarur”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #DAISh , #Amerika , #harbiy operatsiya

Aloqador xabarlar