Chavusho’g’li, “Turkiya, ochiq eshik siyosatini davom ettiradi”.

Janob Chavusho'g'li Myunxenda, muhojirlar muammosini qo'lga oldi.

431897
Chavusho’g’li, “Turkiya, ochiq eshik siyosatini davom ettiradi”.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li, qochqinlar muammosining global muammo ekanligini va buni hal qilish uchun yana-da mustahkam hamkorlik qilinishi kerakligini aytdi.

Chavusho'g'li, Myunxenda, CNN muhbiri Christian Amanpour olib borgan panelda, NATOning Egey dengizida, muhojirlarni qutqarish uchun patrullik qilish xizmatini o'z zimmasiga olishini ijobiy olaroq baholaganligini va bu mavzuda Turkiyaning Germaniya va Gretsiya bilan hamkorlik qilajagini aytdi.

Turkiya hududida qo'lga tushgan va hatto mubohasali nuqtalarda qutqarilgan qochqinlarni ham qabul qilganliklarini aytgan Janob Chavusho'g'li, Turkiyaning qariyb 2.5 million suriyalik, 200 ming iroqlik qochqinlardan tashqari oxirgi kunlarda yana 10 ming nafar qochqinni ham qabul qilganligini aytib o'tdi.

Turkiyaning suriyaliklarning ishlashi uchun ruxsatnoma berganligini ham eslatib o'tgan Chavusho'g'li, “Turkiya, ochiq eshik siyosatini davom ettiradi" dedi.

Shu bilan birga Turkiyaning yana 2-3 million qochqinni mehmon qilajagini, buni esa boshqa hech kimning amalga oshirolmasligiga e'tibor qaratgan Chavusho'g'li, rus hujumining Turkiyaning kuchiga kuch qo'shganligini ham qo'shimchaladi.

Chavusho'g'li, Rossiyaning Suriyada tinch aholiga o'q uzganligini, maktab va kasalxonlarni nishonga olganligini aytdi.

Chavusho'g'li, qochqinlar muammosini hal qilish uchun Yevropa ittifoqining ham ishga kirishishi kerakligini ta'kidladi.

Shu bilan birga Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li, Myunxen konferensiyasidan qaytar ekan uchoqda jurnalistlarning savoliga javob berdi. Unda, DEAShga qarshi kurashish doirasida Saudiya Arabistonining Injirlikga uchoq yuborajagini aytdi.

Chavusho'g'li Myunxenda, liderlarga, “Agar keng ko'lamli strategiya tashkil topgudek bo'lsa unda Turkiya va Saudiya Arabistoni; barchamiz, quriqlik amaliyoti boshlatishimiz mumkin" deganligini ham aytib o'tdi.



Aloqador xabarlar