Prezident Erdog’an, Peruda

Prezident Erdog’an Chili ziyorati ortidan Peruga bordi.

426929
Prezident Erdog’an, Peruda

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, insoniy masalasiga qaratilgan uquvliligi bilan insonlar qalbidan joy olgan Peruning ham, suriyalik muhojirlarning dardiga darmon bo'lishi va bu masalaning xalqaro miqyosda hal qilinishi uchun mexnat qilishidan ishonchi komil ekanligini aytdi.

Prezident Erdog'an Chili ziyorati ortidan Peruga bordi.

Suriya vaziyatini bu gal Peru poytaxti Limada tilga olgan Erdog'an, Suriya inqirozining ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik insoniy fojiaga sabab bo'lganligini eslatgan holda bu inqirozning, 400 ming insonning rejimni qo'llab-quvvatlovchilar bilan DEASh kabi terror tashkilotlarining hujumi oqibatida halok bo'lganligiga, shaharlarning, kutubxonalarning batamom harob qilinganligiga va 12 million insonning o'z yurtini tashlab ketishga yo'l ochganligini aytdi.

O'zaro munosabatlar doirasida savdo hajmini qisqa vaqt ichida 1 millird dollardan orttirajagini ko'zlagan Turkiya bilan Peru o'rtasida, turli sohalarda, besh shartnomaga qo'l qoyildi.

Erdog'an, “Ayniqsa kon va energiya bo'yicha Peru qo'lida imkonlar mavjud. Shunday eklan qanday mushtarak faoliyat yuritishimiz mumkin degan savolga ham javob qidirish uchun bir fursat topdik" dedi.

Peru Davlat rahbari Ollanta Humala ham Turizm va qurilish sohasi bosh bo'lish bilan birga turli sohalardagi hamkorliklarga to'xtaldi. Humala, 2019-yili o'tkaziladigan Pan Amerika o'yinlari uchun olimpiada shahri qurilajagini eslatib o'tgan holda, turk quruvchilarini hamkorlikga undadi.



Aloqador xabarlar