Bosh vazir Davuto’g’li, "Turkiya terrordan qutiladi" dedi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, terrorga qarshi olib borilgan kurash natijasida Turkiyaning terrordan qutilajagini aytdi.

426918
Bosh vazir Davuto’g’li, "Turkiya terrordan qutiladi" dedi.

Bosh vazir Ahmet Davuto'g'li sharqiy va janubi-sharqiy Onado'li mintaqalari oq soqollari va noqonuniy tashkilotlar vakillarini Chankaya ko'shkida qabul qildi.

Davuto'g'li ko'shkdagi mehmonlariga xitob etar ekan,

“Shuni aniq ayta olaman ki; terrorga qarshi olib borgan kurashimiz natijasida Turkiya terrordan qutiladi. Shaharlarimizni terroristlar tomonidan o'rnatilgan to'siqlardan, chuqurlardan va qurol omborxonalaridan mutlaqo tozalaymiz. Nafaqat shaharlarimiz, tumanlarimiz, tog'larimiz, vodiylarimiz ham tozalanadi. Barcha fuqarolarimiz tinchlikga qovushadi".

Olib borilayotgan kurashning yurtning birdamligi, tinchligi va qardoshligiga ziyon yetkazgan terroristlarga qaratilganligini ta'kidlagan Davuto'g'li,

“Bizning kurashimiz maktablarga, kasalxonalarga, jome' masjidlariga, ko'chadagi insonlarga hujum qiladigan darajadaga kelgan jirkanch tashkilotlarga qaratilgan" deya gapirdi.

Terror tashkilotining qon bilan, ko'z yoshi bilan, nafrat bilan qorin to'yg'izganligini aytgan Bosh vazir Davuto'g'li;

“PKK terror tashkilotini faqatgina xavfsizlik chora-tadbirlari orqaligina emas ayni vaqtda adolat, huquq, vijdon va rahmdillik bilan yo'q qilamiz. Davlat nomidan o'z yo'limizni qonli terror tashkilotiga ko'ra emas, fuqarolarimizning talablariga ko'ra belgilaymiz" dedi.



Aloqador xabarlar